USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryoda haydovçi YPX xodimini videoga olib, tarmoqqa joylagani uçun qamaldi

134 марта
Қашқадарёда ҳайдовчи ЙПХ ходимини видеога олиб, тармоққа жойлагани учун қамалди

Qaşqadaryoda YPX xodimining xizmat faoliyatiga oid videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatgan fuqaroga 10 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, fuqaro joriy yil iyun oyida YPX xodimining töxtaş haqidagi işorasiga böysunmay, harakatini davom ettirgan. Şu holat yuzasidan unga nisbatan bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Şundan söng fuqaro YPX xodimiga oid videoni özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-2-moddasi (Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatiş) birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari böyiça iş qözğatilib, körib çiqiş uçun Qarşi şahar jinoyat işlari böyiça sudiga yuborilgan.

Sud keça, 24 sentyabrdagi qarori bilan haydovçiga nisbatan mazkur modda asosida 10 sutka mamuriy qamoq jazosini tayinlagan.

Sudda fuqaro qilgan işiga iqror bölib, puşaymonligini bildirgan va bunday holat boşqa takrorlanmasligini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda yöl-patrul xizmati inspektorining qölini avtomobil oynasi orasida qisib, maşinani boşqarib ketgan haydovçi qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: