5 yaşar qizning zörlanişi böyiça qöşimça malumot berildi
Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani va qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Malum bölişiça, erkakka nisbatan ikkita modda böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bildirilişiça, uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Malum qilinişiça, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida voyaga yetmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş jinoyatini sodir etganlik uçun 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. Bunday toifadagi jinoyatni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazoni ötaş bilan boğliq yengilliklar qöllanilmaydi.
Hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan voqea yuzasidan voyaga yetmagan jabrlanuvçiga zarur psixologik, tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam körsatilgan. Hozirda bola va uning oilasiga kömak beriş jarayoni davom etmoqda.
Bolalar ombudsmani mazkur iş doirasida jabrlanuvçi bolaning qonuniy manfaatlari taminlanişi yuzasidan kuzatuv olib bormoqda.
Bildirilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat yuzasidan turli tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda. Bolaning şani va qadr-qimmatiga daxl qiluvçi hamda tasdiqlanmagan malumotlarni tarqatiş uning manfaatlariga zid bölişi mumkin.
“OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda şunday mazmundagi xabarlarni yoritişda bola manfaatlariga rioya etişga va mutasaddi taşkilotlar tomonidan rasman elon qilingan malumotlarga tayanişga çaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida maktab qöriqlaş xizmati xodimi 6-sinf qizga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.