USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sanjik” suddan çiqarib yuborildi. Advokatlar muhim detallar hisobga olinmaganidan norozi

211 марта
“Санжик” суддан чиқариб юборилди. Адвокатлар муҳим деталлар ҳисобга олинмаганидан норози

Joriy yilning 25 sentyabrida Sanjar Karimov işi böyiça olib borilayotgan sud jarayonlarining muzokaralar qismi bölib ötdi. Tarkib ham, tafsilotlar ham özgarmagan, yagona özgargan narsa – sudyalar hayati endi himoyaçilarning iltimosnomalarini emas, ikki tomonning muzokara nutqlarini tingladi.

Bu galgi sudning avvalgilaridan yana bir farqi – sudlanuvçi Karimov sud jarayonlari davom etayotgan vaqtda raislik qiluvçining qarori bilan sud zalidan çiqarib yuborildi. Bunga sabab esa jabrlanuvçi ayolga söz berilgan vaqtda u minbarga çiqqanida yiğlab yuborgani uçun oyna ortida ötirgan Karimov ayolga “teatr qöymang” mazmunidagi gapni aytgani böldi. Raislik qiluvçi bu holatni sudga nisbatan hurmatsizlik, deya baholadi va sudlanuvçini sud jarayonlaridan çetlatdi.

“Bilasizlar, sud majlisi ötkazişning öziga xos tartib-qoidalari bor. Bu tartiblar Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qöyilgan.
Sudlanuvçi avvalgi sud majlislarida bir emas, ikki marta sud majlisini ötkaziş tartibini buzgan. Ikkinçi holatda raislik etuvçi tomonidan unga qatiy ogohlantiriş berilgan va agar uçinçi marta ham şunday tartibsizlikka yöl qöyilsa, iş uning iştirokisiz körib çiqilişi haqida ogohlantirilgan.Bugun esa, körib turganingizdek, sudlanuvçi tomonidan yana sud majlisidagi tartib buzildi. U sudga nisbatan hurmatsizlikni oçiq namoyon qilganidan söng, avvalgi ogohlantirişni inobatga olgan holda, raislik etuvçi tomonidan sudlanuvçi sud zalidan çiqarib yuborildi”, – deya holatga izoh berdi Tusrunali Akbarov.

Sud jarayonlarining navbatdagi qismi yakunlangaç, sudlanuvçining advokatlaridan biri bölgan Mansur Abduraimov bazi fikrlari bilan bölişdi.
“Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining joriy yil 8 may kuni çiqargan hukmi muhokama qilinmoqda. Bu yerda gap ayblov xulosasi haqida emas. Ayblov xulosasi asosida sud hukmi çiqarilgan. Hozir Sanjar Karimov sud hukmi asosida jazoni ötamoqda.Sud hukmi böyiça men hozir öz fikrimni aytdim. Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasida aytiladiki, sud hukmi sud majlisida aniqlangan, tekşirilgan va baholangan dalillarga asosan çiqariladi.Endi yana bir muhim masala bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasi mavjud. Sud hukmining kiriş, tavsif va yakuniy qismlari böladi. 467-moddada sudning öz xulosalarini bayon qiladigan qismida nimalar körsatilişi kerakligi belgilangan.

Yani, jinoyat sodir etilganmi, jinoyat sodir etilişida aynan şu şaxs iştirok etganmi, agar iştirok etgan bölsa, bu holat qaysi asosli va tekşirilgan dalillar bilan tasdiqlangan – ana şu masalalar körsatiladi. Dalillar işga aloqadorligi, işonçliligi va maqbulligi nuqtai nazaridan baholanadi. Sud aynan şu baholangan dalillarga asoslanib, öz xulosalarini bayon qiladi.

Endi, men aytmoqçi bölgan narsa şuki, advokat sud hukmiga baho bermaydi. Advokat sud hukmini tekşirişi, undagi holatlarni körib çiqişi va tahlil qilişi mumkin. Himoyaçi özining huquqiy nuqtai nazaridan kelib çiqib, sud hukmida Jinoyat-protsessual kodeksi va amaldagi qonunlarga zid bölgan jihatlarni körsatib beradi.

Biz hozir boşqa katta epizodlarga qaytmaymiz. Aynan mana şu epizod, yani uçinçi epizod haqida gapiryapmiz.

Sanjar Karimovga qöyilgan ayblovda aytilişiça, tergov harakatlari davomida kelgusida ötkaziş maqsadini közlab, özi istiqomat qilib kelgan Markaz-1 dahasi, 29-uy, 13-xonadondagi ofis stolining tortmasida “Parlament” tamaki mahsuloti qutisi içidan polietilen paketga öralgan qönğir rangli, ötkir hidli, mumsimon modda, 10 ming sömlik kupyuraga öralgan modda, 200 sömlik kupyuraga öralgan modda, oq qoğozga öralgan yaşil rangli, ötkir hidli, ötsimon modda hamda siğimi 0,5 litr bölgan, ustki qismi zar qoğoz bilan qoplangan va çekiş uçun möljallangan “baklajka” topilgani körsatilgan.Endi mana şu sud hukmida savol tuğiladi: Xöp, bu qutining içidan topilgan modda nima ekan?

Polietilen paketga öralgan qönğir rangli, ötkir hidli, mumsimon modda nima? “Naşa”mi, “marixuana”mi, “gaşiş”mi, “opiy”mi? Aynan qanday giyohvandlik vositasi ekani haqida savol tuğiladi.

Keyingi savol esa – agar uning nomi körsatilmagan bölsa, miqdori qança? Çunki “ozginadan köproq miqdor” degan tuşunça har bir giyohvandlik vositasiga nisbatan alohida belgilanadi. Masalan, bir turdagi moddaning ozginadan köproq miqdori boşqa turdagi giyohvandlik vositasining miqdoriga tenglaştirilmaydi.

Şu sababli Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegişli tartib belgilangan bölib, unda giyohvandlik vositalarining nomi va ularning qaysi miqdori qanday toifaga kirişi körsatilgan. Masalan, ayrim moddalar uçun oz miqdor 0,2 gramm bilan 2 gramm oraliğida bölişi mumkin, boşqa moddalar uçun esa bu körsatkiç mutlaqo boşqaça böladi.

Şuning uçun sud hukmida aynan şu masala aniqlanmagan. Agar aniqlangan bölsa ham, hukmda bu haqda körsatilmagan.
Mana şu uçinçi epizod böyiça sodir bölgan voqeaning batafsil bayoni ham töliq keltirilmagan. Agar moddaning turi ham, miqdori ham körsatilmagan bölsa, unda Sanjar Karimov nega ötiribdi?

Birinçi instantsiya sudida uşbu işda qatnaşgan tezkor xodimlar, ekspertlar söroq qilingan. Ekspert sudda şuni aytgan: “Haqiqatda, narkotik modda ekspertizaga taqdim etilgan, lekin uning tarkibida tamaki moddasi ham bor ekan. Men uni ajrata olmadim, tarkibidan alohida ajratib olişning imkoni bölmadi, şu sababli ekspertizaga qanday taqdim etilgan bölsa, şundayligiça tekşirganman”, degan mazmunda körsatma bergan.
Sud esa bu holatni hukmda töliq yoritmagan. Ekspertning körsatmasi keltirilgan, lekin unga huquqiy baho berilmagan.Aynan şuning uçun sudning “aniqladim” deb bayon qilgan qismida özi aniqlaşi lozim bölgan holatlar ham körsatilmagan. Yani sud narkotik moddaning nomini ham, miqdorini ham aniq körsatmagan.

Lekin negadir Sanjar Karimovning harakatlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi ikkinçi qismi bilan kvalifikatsiya qilingan.Avvalo, biz u yerda aynan qanday narkotik modda borligini va uning miqdorini aniqlab olişimiz kerak. Şundan keyingina uni ötkaziş maqsadi bölgan-bölmaganligi masalasini körib çiqiş mumkin.Lekin sud, aksinça, şu xulosaga kelgan.

Endi biz 21 avgust kuni apellyatsiya sudi tergovni qayta tiklagan paytda, mana şu masalalarga oydinlik kiritiladi, deb öylagan edik. Bundan oldin ham boşqa advokatlar tomonidan bir neça marotaba iltimosnomalar kiritilgan. Sizlar ham buni yoritdingiz.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida esa “Nega şunça – önta iltimosnoma?” degan savol tuğilmoqda.

Mana şu iltimosnomalarning asosiy maqsadi ham aynan şu masalaga aniqlik kiritiş edi. Yani ekspertni çaqiriş kerakmi, işda qatnaşgan tezkor xodimlarni çaqiriş kerakmi, dalillarning maqbulligiga huquqiy baho beriş kerakmi – mana şu masalalar kötarilgan.Lekin sud bu iltimosnomalarni rad etdi.

Endi sud mana şu hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga baho beriş jarayonini yakunlamoqda. Hozir sud maslahatxonaga kiradi. Maslahatxonaga kirganidan keyin uşbu hukm yuzasidan öz ajrimini çiqaradi.

“Endi uning natijasini köramiz”, deydi advokat Mansur Abduraimov.

Şunday qilib, yakuniy bosqiçiga yetib kelgan sud 28 sentyabr sanasiga qadar tanaffus elon qildi.

Umid Sulaymonov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: