Faktlar hisobga olinmayapti”. Sanjik” va advokatlar tintuvdan norozi
Önlab iltimosnomalarning sudyalar hayati tomonidan rad etilişi, advokatlar tomonidan sudyalar hayatining iş olib borişi ustidan takror raddiya berilişi, Özbekiston sudlarining “imijidan” xavotirlanayotgan Taşanov va jarayonlardan köngli tölmayotgan qamoqdagi tadbirkor. Bloger va tadbirkor Sanjar Karimov işi böyiça navbatdagi sud jarayonlari bölib ötdi.
Bu safar Karimovning advokatlari tomonidan sudda jamoatçilik vakili sifatida “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati asosçisi va markaziy boşqaruvi raisi Abdurahmon Taşanov ham iştirok etişi yuzasidan raislik qiluvçiga iltimosnoma kiritildi. Ammo, iltimosnoma sudyalar hayati tomonidan rad etildi. Şundan söng sud jarayoni davom ettirilib, sudlanuvçining 6 nafar himoyaçilari tomonidan sudga yana 10 dan ortiq iltimosnomalar kiritildi. Ammo sudyalar tomonidan berilgan javob advokatlarni unçalik qoniqtirmadi.
“Sudlov hayati tomonidan doimgidek yana qöşimça ravişda kiritilgan öndan ortiq iltimosnomalarimizni töliq rad etiş jarayonlari kuzatildi. Bundan taşqari, sud jarayonida biz bitta asosli iltimosnoma kiritdik, yani hozirgi vaqtda sud jarayonida bu narsa oydinlaşdiki, ötkazilgan tintuv-tergov harakati davomida bir şaxs, yani Sanjar Karimovning öşa Mirzo Uluğbek tumanidagi 13-xonadonda tintuv ötkaziş vaqtida xonadon egasi deb etirof etilgan Bostixon ismli şaxs uning Akay City’dagi turar joyi va oilasi bilan birga istiqomat qilayotgan uyida ham bir vaqtning özida ikkita joyda Bostixon ismli şaxs tintuv-tergov harakatining qatnaşçisi bölib hisoblanyapti. Yani, Mirzo Uluğbek tumanidagi tintuv-tergov harakatida xonadon egasi sifatida, Akay City’da esa iştirokçi sifatida qayd etilyapti. Mana bu jarayonlar bevosita Mirzo Uluğbek tumanidagi tintuv-tergov harakatida keçki soat 01:30 dan 05:00 gaça bölgan bölsa, bu vaqt oraliğida soat 03:30 larda Akay City’da ham tintuv-tergov harakatlari ötkazilgan.
“Endi, jamoatçilikka mana özimiz malum qilamiz bu narsani. Bir vaqtning özida ikkita joyda bitta şaxs tintuv-tergov harakati iştirokçisi bölişi bu Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95 prim 1-moddasi talablari va “Dalillar maqbulligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori talablariga köra, nomaqbul dalil deb topilişi kerak. Ikkita tintuv protokoli ham. Lekin sud tomonidan bu töğrisidagi iltimosnomamizni barvaqt berilgan deb hisoblanib, bu rad etildi. Balkim, haqiqatan ham sud kelgusida bu narsalarga töğri baho bera olsa, demak, bizlar sudga nisbatan heç qanaqa etiroz bildira olmaymiz. Lekin agarda sud bu jarayonlarni yetarli darajada deb topmasdan, baho bermasdan, inobatga olmasa, demakki, bizlarda fikr şunday bölişi mumkinki, sud iltimosnomalarni inobatga olmaganligi bu sudning yakuni böyiça notöğri xulosa berişiga sababçi böldi deb hisoblab, bu sudga nisbatan bizlar yuqori instantsiya sudlariga şikoyat keltirişimizga asos böladi”, deya takidladi Sanjar Karimovning advokatlaridan biri.
Toşkent şahar sudi matbuot kotibi Tursunali Akbarov esa jamoatçilikni har xil hayollarga bormaslik va masalaga xolis yondaşişga çaqirdi.
“Sudning göyoki xolisligiga şubha bilan qaralayotgan masalalarga kelsak. Xabaringiz bor, adaşmasam, 21 avgustda sud protsessi yakunlangan edi. Taraflar muzokara qilib bölgan, faqat sudlanuvçining oxirgi sözini aytişi qolgan edi. Oxirgi sözidan avval sudlanuvçi sudlov hayatiga fleşka taqdim qildi. Şundan keyin sudlov hayati to bu “detal”ni tekşirib, örganib, huquqiy baho berilmagunça hukm çiqarişning imkoniyati yöq deb hisobladi-da, keyin sud tergovini qayta tikladi. Mana şu jarayonning özi sudlarga nisbatan ehtimoliy tuğilayotgan qandaydir şubhalarni yöqqa çiqaradi. Demak, keyingi sud jarayonlarida, sud tergovi tiklangandan keyin mana şu detallar eşitildi, muhokama jarayoni davom etyapti. Yakuni böyiça, albatta, sud özining huquqiy bahosini beradi”, deydi Toşkent şahar sudi matbuot kotibi.
Navbatdagi sud jarayonlari ham yakunlangaç, Sanjar Karimov öz fikrlari bilan bölişdi.
“Endi bilmadim. Mana, birinçi sud instantsiyasi 240 ming dollarga tuşganimga qaramay, 400 ming sömlik narsaga kelgusida ötkaziş uçun ayblov qöyib, menga beş yil muddat berib yuborgan. Endi men şundoq “auditoriya” bilan, şunça taniş-biliş orttirib, nahotki qanaqadir milligramm narsani sotişga muhtoj bölsam. Uni ötkazişda ham özining ayrim vajlari böladi, Oliy sud plenum qaroriga asosan. Vajlari nimadan iborat böladi? Bironta bir inson heç bölmaganda körsatma berişi kerak, pul taqdim qilişi kerak, kimdirga tekinga, hadyaga, pulga, evaziga biror bir narsaga berişi kerak. Nimaga asoslanib, menga aynan 273-moddani qöyilganligiga har kuni ertalab uyğonib tuşunmayman. Bilasizmi, juda ham oğir bölarkan, agar qilmagan narsangga ayblansang.
Men pulimdan ham voz keçib, kelgusida ötkaziş degan gumonda qamalib qoldim. Axir JPKning 463-moddasida gumonlarga asoslanmagan holda, faktlarga asoslanib hukm çiqarilişi kerak. Menga birinçi instantsiya hukmi gumonga asoslantirib çiqardi. Tuşunaman agar 10 kg, 20 kg modda topilsa, “Ha, aferist, sen özi şunaqa iş bilan şuğullanarkansan-da”, deyilsa. Men axir öşa milligramm narsani kimga sotaman, kimga ötkazaman? Men butun hayotimda töğri inson bölganman. Mana Rahmatullayevaning özidan ham bildinglarki, sudning qarori çiqmasdan turib, meni ularga uyni qaytarib beriş qarorim bölgani haqida. Vadamning ustida turdim. Vaholanki, 240 mingga ham tuşdim. 240 mingga tuşgan inson 400 ming sömlik narsaga muhtoj bölmasa kerak?
Sud barça iltimosnomalarimizni rad qilib yubordi.
Bilasizmi, men tört yil farzand kutdim. Allohdan tilab oldim farzandimni. Men juda ham xohlardimki, farzandimning “ota” degan birinçi sözlarini eşitişni. Axir, undan taşqari otam vafot etganiga yaqinda bir yil böladi. Suddan iltimos qilamanki, şu otam ötganining bir yilligini oila azolarim oldida oş berib, otamning bir yilligini uyda nişonlaşimga, imkon bersa”, deydi Sanjar Karimov.
Şunday qilib Sanjar Karimov işi böyiça ötkazilayotgan sud jarayonlariga 25 sentyabrga qadar tanaffus elon qilindi.
Umid Sulaymonov