Toşkentda Gentra velosipedçini urib yubordi
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida velosipedçi va Gentra avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi keça, 25 sentyabr kuni soat 17:05 da tumandagi Gulsanam köçasida sodir bölgan. Töqnaşuv velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro va 1966 yilda tuğilgan A.M. boşqaruvidagi Gentra rusumli avtomobil örtasida yuz bergan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida velosipedçiga yengil tan jarohati yetgan va unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 22 ta yöl-transport hodisasi sodir bölib, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro oğir tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.