Andijonda Isuzu haydovçisi velosipedçini urib ketdi
Bugun, 6 avgust kuni Andijon şahar Pirmuhammedov köçasida yuk maşinasi haydovçisi velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 13:00 larda Andijon şahar Pirmuhammedov köçasida haydovçi, 1966 yilda tuğilgan X.Ğ. özining Isuzu rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan bölgan. Şu vaqtda özi bilan bir yönalişda yölning birinçi tasmasida harakatlanayotgan velosipedçi keskin ravişda çap tomonga çiqib ketişi oqibatida transport vositasi bilan töqnaşgan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida velosipedçi tan jarohati olib, tibbiy körik va zarur yordam oliş maqsadida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon şahar IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yunusobod tumanida BYD elektrovelosipedni urib yuborgan edi.