5 yaşar qizning zörlanişi böyiça tergovni Boş prokuror şaxsan nazoratga oldi
Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yoşli tarbiyalanuvçini zörlagani va qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2026 yil sentyabr oyida Namangan viloyati Uçqörğon tumani IIB TB tomonidan tumandagi davlat maktabgaça talim taşkilotida voyaga yetmagan şaxs zörlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-(Nomusga tegiş) va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxsga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Bildirilişiça, hozirda jinoyat işi Namangan viloyati prokuraturasining iş yurituviga ötkazilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov ustidan esa nazoratni şaxsan Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev tomonidan örnatilgan.
“Prokuratura tomonidan jinoyat işi har tomonlama, töliq va xolisona tergov qilinişi hamda voyaga yetmagan jabrlanuvçining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinişi taminlanadi”, deyiladi bayonotda.
Boş prokuraturaning qayd etişiça, jinoyatga aloqadorligi, uning holatlarini yaşiriş yoki masul şaxslarning harakatsizligi bilan boğliq har bir aniqlangan holatga qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Tergov natijalari haqida esa qonunçilikda belgilangan tartibda malum qilinişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgangandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi.