5 yaşar qizning zörlanişi: Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlandi
Avvalroq, Namangan viloyatining Uçqörğon tumanidagi davlat maktabgaça talim taşkilotida 5 yaşar qiz ombor mudiri tomonidan zörlangani haqida xabar berilgan edi. Uşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlandi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgan.
Bildirilişiça, voqeaga aloqador hamda öz işiga masuliyatsizlik bilan yondaşgan tizimdagi barça xodimlar va mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli taşkilotlar vakolati doirasida zarur çoralar körilişi, aybdorlar jazolanişi taminlanadi. Talim taşkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Şuningdek, bu kabi salbiy holatlar boşqa boğçalarda ham takrorlanmasligi uçun vazirlikning maxsus Işçi guruh azolari tomonidan hozirda barça davlat maktabgaça talim taşkilotlari xodimlari tekşirilmoqda va barça zarur çoralar körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.