Möjiza yuz bermadi: Putinning partiyasi rasman ğalaba qozondi
Uruş qilayotgan davlatlarda saylovlar bölmaydi deb kim aytdi? Mana Rossiyaga boqing, nomiga – muxolifatlarsiz va intrigalarsiz bölsa-da davlat Dumasi uçun saylovlar bölib ötdi. Joriy yilning 18-20 sentyabr kunlari Rossiyada Davlat dumasi deputatlarining 3 kunlik saylovi ötkazildi. Garçi natijalar uruşga qarşi “Yabloko” partiyasi öyindan çiqarilgaç aniq bölib ulgurgan bölsa-da, saylovlar atrofida yuz bergan voqealar alohida etiborga loyiq. Putin partiyasining sözsiz ğalabasi va ovoz beriş jarayonlarida olib borilgan “Edinaya Rossiya” partiyasining öziga xos “taşviqot işlari” tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölmoqda. Uşbu maqolada Putin partiyasining navbatdagi ğalabasi ortidan urilgan rekordlar va saylovning “kutilmagan” natijalariga Ğarbning munosabati haqida gaplaşamiz.
Duma qanday şakllandi?
Saylovlar yakunlandi. Kim ham öylabdi deysiz, bu gal ham Putin partiyasi ğalaba qozondi, qozonganda ham öz tarixidagi eng katta körsatkiçlar bilan boşqa raqiblarini butkul mağlub etdi. Umumiy ovozlarning 95,18 foizi sanab çiqilgandan söng partiya 57,83 foiz ovoz bilan yetakçilik qilayotgani malum böldi. Undan keyingi örinlarda Kommunistik partiya 13,6 foiz, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi 8,97 foiz, “Noviye lyudi” 7,91 foiz, “Spravedlivaya Rossiya” esa 5,22 foiz bilan kuçli beşlikni band qilib turibdi. Rossiya Dumasi 450 deputatdan iborat bölib, uning 225 örni proportsional tizim asosida, yana 225 tasi bir mandatli okruglar orqali yani majoritar tizim asosida taqsimlanadi. Sodda qilib aytganda, saylovçilarga Özbekistonda bölgani kabi 2 ta byulleten beriladi. Har bir şaxs ularning birida siyosiy partiyaga, ikkinçisida öz hududidan nomzodi qöyilgan aniq bir şaxsga ovoz berişi lozim. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda 25 yildan beri Rossiya siyosatida hukmronlik qilib kelayotgan “Edinaya Rossiya” partiyasi umumiy örinlarning 355 tasini egallamoqda. Bu partiya tarixidagi mutlaq rekord sifatida qayd etildi. Qolgan partiyalar, jumladan, Kommunistlar 40 ta, Jirinovskiyning Liberal demokratlar partiyasi 25 ta va “Yangi odamlar” 20 ta öringa ega böladi. Uşbu saylovlar 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri ötkazilgan birinçi parlament saylovi böldi. Yana bir muhim jihati şundaki, ovoz beriş jarayoni ilk bor Moskva tomonidan egallab olingan Ukrainaning 4 ta viloyati: Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlari aholisini ham qamrab oldi.
Esingizda bölsa, 2026 yilning 10 avgust kuni Rossiya Oliy sudi “Rodina” partiyasining davosiga köra, “Yabloko” partiyasining federal röyxatdagi registratsiyasini bekor qilib, uni butun mamlakat böylab partiyalar röyxati böyiça saylovda qatnaşiş huquqidan mahrum etgandi. Ammo partiya nomzodlarida bir mandatli okruglar böyiça saylovda qatnaşiş huquqi saqlanib qolindi. Şunga qaramay, Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning aytişiça, Rossiyada röyxatdan ötgan yagona uruşga qarşi partiya milliy miqyosda birorta ham öringa ega bölmagan. “Yabloko” partiyasining rahbari Nikolay Rybakov natijalar haqida fikr bildirar ekan, hammasi kutilganidek bölganini aytdi.
“Agar saylov byulletenida önta partiya bölsa va ularning barçasi Putin siyosatini qöllab-quvvatlasa, boşqa qanday natija bölişi mumkin?”, dedi partiyasi raisi.
Şuningdek, “Yabloko” va hukumat siyosatining ayrim jihatlarini tanqid qilgan, biroq Putingga nisbatan har qanday tanqiddan qoçgan Kommunistik partiyaning köplab kuzatuvçilari saylov uçastkalaridan qaytarib yuborilganini bildirdi. Kutilganidek, Rossiya şaffoflik yuzasidan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotining (EXHT) kuzatuvçilarini ham taklif qilmadi. TIV ilgari uşbu taşkilotni mamlakatni tanqid qilgani uçun “ikki yoqlama standartlar”da ayblagandi. YeXHT Parlament Assambleyasi prezidenti Pere Jon Pons esa kuzatuvçilarni jarayondan çetlaştiriş töğrisidagi qaror Rossiyaning taşkilot azosi sifatidagi majburiyatlariga zid ekanini takidlamoqda.
Rossiyaliklarning özi ham natijalardan ajablanmaganini, barçasi odatdagidek bölganini bildirgan.
“Ertalab men “Yagona Rossiya” ğalaba qozonayotganini kördim. Bu heç kimni ajablantirmasa kerak. Men Ukrainadagi mojaroning tezroq, iloji bölsa, tinç yöllar bilan tugaşini körişni istardim”, dedi Moskvada yaşovçi Tatyana.
Şuningdek, tahlilçilar ham, fuqarolar ham saylov natijalari nimani anglatişini biladi. Endi hukumat vaziyatni “olib borilayotgan siyosat xalqqa maqul ekan, mana özlari aytişdi” deb talqin eta oladi. Rus xalqi uruşni yakun topişini qançalik istamasin, ovozlar “Yagona Rossiya”ga harbiy harakatlarni davom ettirişga huquq beradi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham natijalar xalqning umumiy qaraşlarga ega ekanligini, bir butunligini belgisi sifatida talqin etmoqda.
“Bu körsatkiçlar, albatta, Rossiya jamiyatida davlat rahbari atrofida eng yuqori darajadagi konsolidatsiyadan dalolat beradi” dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Ammo bu közböyamaçilik ekanligini, saylovçilar ham, saylanganlar ham va xalqaro kuzatuvçilar ham sezib turibdi.
Qodirovning rekordi
Putin partiyasining ğalabasi ortidan Çeçeniston prezidentligi uçun bölib ötgan saylovda ham anomal körsatkiçlar qayd etilib “rekordli trend” davom ettirildi. Federatsiya tarkibidagi Çeçenistonning 2007 yildan beri rahbari bölib kelayotgan Ramzan Qodirov yana hokimiyatni özida saqlab qoldi, naqd 99,85 foizlik ovoz bilan. Rasmiy malumotlarga köra, 2016 yildagi saylovlarda u 94,8 foiz, 2021 yilda esa 99,7 foiz ovoz töplagan. Bu gal Qodirov öz rekordini yana özi yangiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi takidlaşiça, Qodirov 99,85 foiz ovoz töplab raqiblariga heç qanday imkon qoldirmagan. Xabarlarga köra, ovoz berişda 831 946 kişi iştirok etgan. Kuzatuvçilar va mahalliy aholi tomonidan “texnik” yani faqat protsedura talablarini bajariş uçun nomzod bölgan Qodirov raqiblari – “Adolatli Rossiya” partiyasidan Ismoil Denilxanov va Kommunistik partiyadan Xolid Nakaev har biri 0,05 foiz ovoz olgan. 2025 yilning may oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv oldidan u öz istefosi masalasini muhokama qilmoqçi ekanini malum qilgan edi. Buni qarangki, fikrlar özgargan körinadi navbatdagi rekordli ğalaba qayd etildi. Qodirovning sözlariga köra, Putin unga:
“Biz hali işlaşimiz va yana işlaşimiz kerak. Oliy Boş qömondonning buyruğini bajaryapman!”, degan Çeçeniston rahbari.
Ramzan Qodirov ilgari ham bir neça bor istefoga çiqiş istagini bildirgan bölsa-da, u öz lavozimida qoladi va har safar yangi muddatga nomzodini qöyib keladi. 2025 yil dekabrda bergan intervyularining birida, u bu vazifani bajarişdan çarçaganini aytgan edi.
“Ammo mendan sörasangiz, men bu hokimiyatdan va xalqqa xizmat qilişdan çarçadim. Menimça, yangi kuçlar, yangi odamlar qiziqarliroq bölar edi. Agar boşqalar bölganida vaziyat yaxşiroq bölar edi”, degan edi u.
Biroq uning istefosini yoki Putin, yoki çeçen xalqi istamayapti.
Ğarb tanqidi
Yevropa doimo boşqalarning harakatlarini ham öz ölçovlari bilan ölçaşga odatlangan. Ğarb mamlakatlari uçun Rossiyadagi “rekordli ğalabalar” işonib bölmas natijadir. Bunda Germaniya kantsler Fridrix Mertsning “Xristian-demokratlar ittifoq” partiyasi yaqinda bölib ötgan saylovlarda mağlub bölganini misol qilib keltiriş mumkin. Yani Germaniyada doim ham hokimiyat tepasida turgan şaxs qöllovçi siyosiy partiyaning ğalabasi kafolatlanmagan. Şu jihatdan Yevropaning Rossiyada bölib ötgan saylovlariga munosabati ham özgaça böldi. Yevroittifoqning boş diplomati Kaya Kallas Kreml özgaça fikrlovçilarni böqqanini va xalqaro saylov kuzatuvçilarini çetlaştirganini aytdi.
“Rossiyada demokratiyaning faqat parda ortidagi soxta körinişigina qoldi, xolos. 18–20 sentyabr kunlari ötkazilgan davlat Dumasi saylovlari mamlakatda tobora kuçayib borayotgan avtoritar siyosiy muhit fonida demokratiya izçil va yanada çuqurroq yemirilayotganini körsatib berdi”, dedi u.
Ittifoq nomidan berilgan bayonotda Kallas Yevroittifoq Ukrainaning bosib olingan hududlarida ovoz beriş jarayonini taşkillaştirgan yoki nomzod sifatida qatnaşgan şaxslarga nisbatan sanktsiyalar joriy etişini bildirdi. Şuningdek u uşbu natijalar tan olinmasligini eslatib ötdi. Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya qöşma bayonotida saylovlarni bosib olingan hududlarda ötkaziş Ukraina suvereniteti va BMT Nizomining “qöpol buzilişi” ekanini bildirdi. Ular ovoz beriş xalqaro huquqqa köra uşbu hududlarning maqomini özgartira olmasligini takidladilar.
“Uşbu soxta saylovlar kengroq istilo tizimining bir qismidir: majburlov va repressiyalar bilan qöllab-quvvatlanuvçi Rossiya mamuriyati, qonunçiligi, ommaviy axborot vositalari, talimi, tili va fuqaroligini majburan joriy etişdir”, deyiladi bayonotda.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi avvalroq bosib olingan hududlardagi ovoz beriş jarayonini nodemokratik saylov deb atagan va uning natijalarini tan olmasligini bildirgan edi. Xulosa qilib aytganda, bölib ötgan saylovlarda natijalar özgarmadi, hokimiyat eski egalarida qolaverdi.
“Spektakl” esa rus xalqiga ham, xalqaro hamjamiyatga ham manzur kelmadi. Faqatgina Putin va uning şeriklari uçun uruşni davom ettirişga yangi bahona topildi xolos.