Farğona va Namanganda oğufuruşlar qölga olindi
Farğona va Namangan viloyatlarida jami 2,6 kg narkotik modda saqlagan va sotişga uringan bir neçta şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Içki işlar va Bojxona boşqarmalari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda “Farğona – Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan.
Natijada Çirçiq şahrida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi uşbu avtomaşina yukxonasiga yaşirib qöyilgan 1 kg “gaşiş” moddasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Içki işlar va Bojxona organlari hamkorligida Çust tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda VAZ-2103 rusumli avtotransport vositasi şubha ostiga olinib, tegişli tartibda közdan keçirilgan. Tekşiruv jarayonida Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsga tegişli mazkur avtomaşina salonida 995 gr “gaşiş” moddasi borligi malum bölgan.
Namangan şahrida istiqomat qiluvçi, 1975 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning yertölasidan 648 gr “gaşiş” moddasi olingan. Şuningdek, u mazkur giyohvandlik vositasini Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 1972 yilda tuğilgan tanişidan 5 ming AQŞ dollariga sotib olganligi aniqlanib, uşbu şaxs ham protsessual tartibda uşlangan.
Bildirilişiça, hozirda barça qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqarolarga qora dori tarqatgan ayol qölga olinib, uning xonadonidan 1 kilogramm 5 gramm giyohvandlik moddasi topilgandi.