Şahnoza Mirziyoyeva bolalarga jinsiy zöravonlik uçun umrbod qamoq jazosini söradi
Özbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu taşabbusni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva va Bolalar ombudsmani ilgari surdi.
“Bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi!”, degan Şahnoza Mirziyoyeva.
Uning qayd etişiça, Ijtimoiy himoya milliy agentligi masul idoralar bilan birgalikda bir neça oy davomida qonunçilikka özgartirişlar kiritiş böyiça takliflar ustida işlagan. Tayyorlangan takliflar körib çiqiş uçun taqdim etilgan.
Şuningdek, agentlik tomonidan ota-onalarning bolalarga ğamxörlik qilmagani, pedagoglarning esa zöravonlik va kamsitiş holatlariga yöl qöygani uçun javobgarlikni kuçaytiriş taklif qilinmoqda. Bundan taşqari, zöravonlikdan jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonining har bir bosqiçida huquqiy yordam hamda himoya taminlaş taklifi ilgari surilgan.
Bu borada Bolalar ombudsmani ham öz pozitsiyasini bildirgan. Uning qayd etişiça, şu kabi vaziyatlarda bolalarga nisbatan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş kabi oğir jinsiy jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi joriy etilişi lozim.
Bolalar ombudsmani bunday jinoyat oqibatida bolaga yetkaziladigan zarar va uning jamiyat uçun ijtimoiy xavfliligi odam öldirişdan kam emasligini takidlagan. Bola jismonan omon qolgan taqdirda ham, uning ruhiyati, bolaligi va kelajagi umrbod jarohatlanişi takidangan. Mazkur pozitsiya Bolalar ombudmanining parlamentga kiritgan Maxsus maruzasida ham tahlillar asosida bayon etilgani bildirilgan.
Ombudsman xorijiy tajribani ham misol keltirgan. Xususan, Qozoğiston va Qirğizistonda bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.
Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan.