Bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş uçun koll-markaz işga tuşdi
Endi Özbekistonda 1246 qisqa raqami orqali bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş mumkin. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Bolaga nisbatan zöravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va soğliğiga tahdid soluvçi holatlarga guvoh bölganlardan 1246 qisqa raqamli koll-markaziga qönğiroq qiliş söraladi. Bildirilişiça, murojaat qilganlarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.
- Quyidagi holatlarda darhol murojaat qiliş zarur:
- Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zöravonlik;
- Beparvolik va şafqatsiz munosabat;
- Bolaning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğdiruvçi boşqa holatlar.
Hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryoda 36 yoşli ota 9 yoşli qizini jazolaş maqsadida qiynab, uning oğziga majburlab hayvon tezagini solgani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etiş joiz, oldinroq Özbekistonda bolalarga zöravonlik qilan pedagoglar maktabgaça talim taşkilotlarida 1 yil işlay olmasligi belgilangandi.