Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident tegişli farmonni imzoladi
4-03-2026, 07:36
264 марта

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident tegişli farmonni imzoladi
Özbekistonda şahvoniy şilqimlik va jinsiy jinoyatlar uçun jazo kuçaytiriladi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuçaytiriş, ularga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini oliş yuzasidan takliflar hamda yangi taşabbuslar qatorida keltirilgan.Qayd etilişiça, mamlakatda erta nikoh, erta yoşdagi tuğuruq hamda ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarining oldini oliş masalalariga oila institutini mustahkamlaş jamiyatda soğlom ijtimoiy muhitni şakllantirişning muhim yönalişi sifatida doimiy etibor qaratib kelinmoqda.
Uşbu masalalar eng yuqori darajada bir neça bor muhokama qilinib, huquqni muhofaza qiliş organlari hamda boşqa mutasaddi idoralar oldiga aniq vazifalar qöyilgan. Ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlaştiriş maqsadida idoralararo kengaş taşkil etilgan va qisqa muddatlarda amaliy takliflarni işlab çiqiş topşirilgan.
Bugungi taqdimotda keng jamoatçilik, soha ekspertlarining takliflari hamda ilğor xalqaro tajriba asosida muvofiqlaştiruvçi kengaş tomonidan tayyorlangan taşabbuslar körib çiqilgan.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda aholining haqli etirozlariga sabab bölayotgan bir qator masalalar böyiça quyidagi takliflar bildirilgan:
- şahvoniy şilqimlik uçun belgilangan 5 sutkagaça mamuriy qamoq jazosini qatiylaştiriş;
- pedofillar uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazoni belgilaş;
- Jinoyat kodeksining 118- va 119-moddalaridagi jinsiy jinoyatlarni voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan sodir etgan mahkumlarni manzil-koloniyalarga ötkazmaslik;
- Jinoyat kodeksining 6 ta moddasidagi jinsiy jinoyatlar böyiça işlarni tergov qiliş vakolatini içki işlar organlaridan prokuraturaga ötkaziş;
- şahvoniy şilqimlik böyiça mamuriy huquqbuzarlikka oid materiallarda jinoyat alomatlari mavjud emasligi böyiça prokuror qarorini oliş şartligi;
- ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan ötgan advokatlar, tergovçi va sudyalar şuğullanişi;
- zöravonlikdan jabrlangan va himoya orderi berilgan xotin-qizlar himoyasini kuçaytiriş maqsadida ularning telefon qurilmalariga maxsus “SOS” ilovalarini örnatiş, bunda çaqiruv tugmasi bosilganda 5 kilometr radiusdagi içki işlar xodimlari 10 daqiqada manzilga yetib kelişi va boşqalar.