USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

21 yoşdan söng nikohdan ötganlar moliyaviy qöllab-quvvatlanadi

401 марта

21 yoşdan söng nikohdan ötganlar moliyaviy qöllab-quvvatlanadi

Özbekistonda nikohni 21 yoşga yetgan şaxslar örtasida tuzilişini rağbatlantiriş maqsadida qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini joriy etiladi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuçaytiriş, ularga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini oliş yuzasidan takliflar hamda yangi taşabbuslar qatorida keltirilgan.

Qayd etilişiça, mamlakatda erta nikoh, erta yoşdagi tuğuruq hamda ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarining oldini oliş masalalariga oila institutini mustahkamlaş jamiyatda soğlom ijtimoiy muhitni şakllantirişning muhim yönalişi sifatida doimiy etibor qaratib kelinmoqda.
Uşbu masalalar eng yuqori darajada bir neça bor muhokama qilinib, huquqni muhofaza qiliş organlari hamda boşqa mutasaddi idoralar oldiga aniq vazifalar qöyilgan. Ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlaştiriş maqsadida idoralararo kengaş taşkil etilgan va qisqa muddatlarda amaliy takliflarni işlab çiqiş topşirilgan.

Özbekistonda nikohlarning 40 foizi 18-19 yoşdagilar örtasida tuzilişi, biroq xalqaro taşkilotlarning eng maqbul nikoh yoşi 21 yoş ekani, bu yoşga yetgan şaxslar odatda moliyaviy mustaqillikka erişib, oila qurişga har tomonlama tayyor bölişi haqidagi tavsiyalari asosida quyidagi taşabbuslar bildirilgan:
  • nikohni 21 yoşga yetgan şaxslar örtasida tuzilişini rağbatlantiriş maqsadida qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini joriy etiş;
  • davlat bojidan imtiyozlar beriş yöli bilan nikohlanuvçilar örtasida nikoh şartnomasi tuzilişini rağbatlantiriş;
  • nikoh yoşiga oid qonunçilikni buzganlik uçun jarimaning 15 foizini bunday holat haqida xabar bergan şaxslarga beriş tartibini joriy etiş orqali erta nikohlarni aniqlaş samaradorligini oşiriş;
  • erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik holatlari haqida içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar beriş böyiça idoralararo zanjirni yölga qöyiş, bunda qayd etilgan holatlar haqida xabar bermaslik uçun mamuriy javobgarlikni belgilaş;
  • homilador yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan band talaba qizlar uçun talimni davom ettiriş imkonini beriş orqali ularni talimdan tuşib qolişining oldini oliş va boşqalar taklif etilgan.
Davlat rahbari bildirilgan taşabbuslarni maqullab, tegişli farmonga imzo çekkan hamda sohadagi yangiliklarni keng jamoatçilik orasida tarğib qiliş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: