USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Migrant oilalaridan bölgan ayollar uçun yangi imkoniyatlar joriy etiladi

87 марта

Migrant oilalaridan bölgan ayollar uçun yangi imkoniyatlar joriy etiladi

Migrantlar oilalaridan bölgan ayollarni qöllab-quvvatlaş işlari amalga oşirilmoqda. 

“Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi va Xalqaro Migratsiya Taşkiloti (IOM) örtasida migrantlar oilalaridan bölgan ayollarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş maqsadida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
 
Imzolangan memorandum doirasida tomonlar bir neçta hamkorlik yönalişlarini belgiladilar. Xususan, migrantlar oilalaridagi ayol tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş uçun grant va öquv dasturlari orqali moliyaviy manbalarni jalb etiş rejalaştirilgan. Ayollarning barqaror daromad topişiga va iqtisodiy zaiflikni kamaytirişga xizmat qiluvçi manzilli grant mexanizmlari işlab çiqiladi. Şuningdek, tajriba almaşiş va biznes uyuşmalari bilan hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan mentorlik dasturlari yölga qöyiladi. Dasturlar samaradorligini oşiriş uçun monitoring va baholaş tizimi joriy etiladi. 

Prezident Administratsiyasi rahbarining konsultanti – Inson kapitalini rivojlantiriş böyiça Loyiha ofisi rahbari Nozimaxon Davletova bu borada «Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirar ekanmiz, biz ularni faqat qöllab-quvvatlamaymiz, balki oilalarning özgarişi uçun şaroit yaratamiz. Bu oilaviy byudjetni oqilona boşqariş, pul ötkazmalaridan samarali foydalaniş va iqlim özgarişlariga nisbatan uy xöjaliklarining bardoşliligini oşirişga xizmat qiladi» deya takidlab ötdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: