Pedofillarga umrbod qamoq: qonun loyihasi 3 oy muddatda işlab çiqiladi
4-03-2026, 07:41
198 марта

Pedofillarga umrbod qamoq: qonun loyihasi 3 oy muddatda işlab çiqiladi
Özbekiston Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qiliş va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etiş bilan boğliq jinoyatlar uçun muqaddam sudlangan şaxslar malum jinoyatlarni sodir etganda ularga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanadi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Prezidentning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi qarori imzolandi.Unga köra, Içki işlar vazirligi Boş prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasini kiritadi:
- Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qiliş va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etiş bilan boğliq jinoyatlar uçun muqaddam sudlangan şaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegişinça umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilaş:
- ön tört yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş;
- ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş;
- ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni bir guruh şaxslar tomonidan sodir etganlik uçun oğirroq javobgarlikni belgilaş, şuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib çiqqan holda Jinoyat kodeksi 129-moddasi dispozitsiyasiga aniqlik kiritiş;
- Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda şahvoniy şilqimlik va nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik uçun jazo sanktsiyalarini oşiriş, şuningdek, jinoyat işini qözğatiş rad etilgan bölib, mamuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan hollarda javobgarlikka tortiş tartibini takomillaştiriş.
Şuningdek, yoşlarning öz hayot yölini ongli ravişda belgilaşiga kömaklaşiş, şuningdek, nikoh şartnomasi tuzilişini rağbatlantiriş maqsadida 2027 yildan boşlab har ikkala taraf kamida 21 yoşga tölganda birinçi marotaba nikoh tuzgan yoş oilalar uçun:
- davlat tomonidan qöşimça imtiyoz va boşqa şakldagi qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etiladi;
- uşbu oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan taqdirda, oilalar azolariga ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş, rivojlantiriş, daromadlarini oşiriş yoki murakkab vaziyatdan çiqariş uçun taqdim etiladigan moliyaviy kömaklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunçilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oşirilgan holda beriladi;
- nikoh şartnomasini tuzgan nikohlanuvçilarni nikohni qayd etiş uçun belgilangan davlat bojidan ozod etiş tartibi qöllanadi.
- kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan çiqarilgan şaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta özlaştiriş şarti bilan talimni davom ettiriş imkoni yaratiladi;
- talabalar fanlar farqini mustaqil özlaştirişi uçun qöşimça muddat beriladi va boşqa zarur şart-şaroitlar taşkil etiladi.
- homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga akademik tatil davrida, ularning xohişiga köra, masofaviy talim şaklida öqişni davom ettiriş imkoniyatini yaratiş;
- masofaviy talim şaklida kadrlar tayyorlaş böyiça talim yönalişlari va qabul körsatkiçlarini oşiriş orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga talimni davom ettiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş;
- akademik tatilga çiqqan, kursdan kursga qolgan va talabalar safidan çiqarilgan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalar yuzasidan alohida statistik malumotlarni yuritiş.
- erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik bilan boğliq holatlar töğrisida içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar beriş majburiyati fuqarolarning özini özi boşqariş hamda FHDYo organlari, talim va soğliqni saqlaş muassasalari hamda diniy idora vakillari zimmasiga yuklatiladi;
- fuqarolarning özini özi boşqariş va FHDYo organlari, talim va soğliqni saqlaş muassasalari hamda diniy idora vakillarining erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik bilan boğliq holatlar hamda boşqa qonunbuzilişlar töğrisida içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar bermasligi ularning mamuriy javobgarlikka tortilişiga asos sifatida belgilanadi;
- erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik aniqlangan xotin-qizlar haqidagi malumotlarning sir saqlanişi va himoya qilinişini taminlaş kafolatlari nazarda tutiladi.
- 2026 yil yakuniga qadar Içki işlar vazirligining jinoyat va hodisalarni röyxatga oliş böyiça elektron tizimida erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik bilan boğliq holatlar töğrisida xabar beriş imkonini beruvçi “Ösmir-signal” modulini işlab çiqadi;
- fuqarolarning özini özi boşqariş va FHDYo organlari, talim va soğliqni saqlaş muassasalari, diniy idora hamda boşqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari, şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini Içki işlar vazirligining jinoyat va hodisalarni röyxatga oliş böyiça elektron tizimiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali integratsiya qiladi.
- Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Erta nikoh va 16 yoşgaça bölgan homiladorlik holatlari böyiça içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarini xabardor qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
2026 yil 1 apreldan boşlab himoya orderi berilgan jabrlanuvçi xotin-qizlarning aloqa vositalariga (telefon, planşet va boşqa qurilmalar) Ijtimoiy himoya milliy agentligining tazyiq va zöravonlik holatlari töğrisida zudlik bilan xabar beriş imkonini beruvçi (“SOS” çaqiruv) “my.ihma.uz” mobil ilovasi ularning roziligi bilan örnatiladi.
Içki işlar vazirligi Boş prokuratura va boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda zöravonlik holatini sodir etgan şaxsning ruhiyatida buziliş mavjud deb taxmin qilişga asoslar bölgan taqdirda, içki işlar organlari tomonidan uning majburiy ambulator psixiatr körigidan ötkazilişini taşkil etiş, ruhiyatida buziliş aniqlanganda belgilangan tartibda tibbiy muassasaga joylaştirişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritadi.
Boş prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Içki işlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining qonunçilikka özgartiriş kiritiş orqali 2026 yil 1 noyabrdan boşlab quyidagi tartiblarni belgilaş haqidagi takliflariga rozilik beriladi:
- Jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegiş), 119 (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş), 121 (şaxsni jinsiy aloqa qilişga majbur etiş), 128 (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş), 1281 (ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoki mulkiy yoxud boşqaça tarzda manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş), 129 (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar böyiça tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergovni faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oşiriş;
- voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik böyiça mamuriy huquqbuzarlikka oid iş hujjatlarini qilmişda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan söng sudga yuboriş.
- Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan sodir etganlik uçun sudlangan şaxslarni manzil-koloniyalarga ötkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritiş;
- mazkur bandning “a” kiçik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar uçun jazoni ötayotgan mahkumlarni psixologik tuzatiş dasturidan ötmasdan, saqlaş şaroitlarini yengillaştiriş amaliyotiga çek qöyiş.
Boş prokuratura, Sudyalar oliy kengaşi, Oliy sud va Içki işlar vazirligi 2026 yil yakuniga qadar har bir hududdagi iş hajmidan kelib çiqqan holda kamida 1 nafar tergovçi va sudya xalqaro standartlarga asoslangan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan ötkazilişi hamda ular tomonidan ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlikka oid işlar tergov qilinişi va körilişini taminlasin. Bunda qoida tariqasida maxsus tayyorgarlikdan ötkazişda ayol tergovçi va sudyalarga ustuvorlik berilişiga etibor qaratilsin;
2026 yil 1 sentyabrdan boşlab Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Içki işlar vazirligi akademiyasi va Odil sudlov akademiyasida xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda tergovçi va sudyalar uçun “Jinoyatdan jabrlangan ayollar va bolalar bilan işlaşning öziga xos protsessual jihatlari” maxsus öquv dasturini taşkil etadi.