Ohangarondagi boğçada 3 yaşar bola zaharlanib vafot etdi
Toşkent viloyatining Ohangaron şahridagi 6-sonli davlat maktabgaça talim taşkilotida 3 yaşar tarbiyalanuvçi haşarotlarga qarşi kimyoviy vositani bilmsdan yeb qöyib, vafot etdi. Bu haqda Toşkent viloyati maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 28 avgust kuni sodir bölgan. 2023 yil 16 iyulda tuğilgan T.I. boğçaning oşxonasida turgan haşarotlarga qarşi işlatiladigan BSM vositasini içib qöygan. Şundan söng, u Ohangaron şahar tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola 30 avgust kuni tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasida bolaning ölimiga kimyoviy moddadan kelib çiqqan ötkir zaharlaniş, toksik miokardit, toksik entsefalopatiya, boş miya va öpka şişi hamda ikki tomonlama pnevmoniya sabab bölgani körsatilgan.
Tergovga qadar ötkazilgan tekşiruvda 27 avgust kuni 6-sonli boğça xöjalik işlari böyiça mudirasi P.A. çaqiruvi bilan Ohangaron tuman dezinfektsiya stantsiyasi xodimi M.I. tomonidan binoda haşarotlarga qarşi dezinfektsiya işlari bajarilgani aniqlangan.
Tekşiruv davomida dezinfektsiya işlaridan ortib qolgan kimyoviy aralaşma belgilangan tartibda saqlanmagani va boğçada qoldirilgani malum bölgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 4 sentyabr kuni Ohangaron şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Uçköprik tumanida ovqatdan zaharlanişda gumon qilingan fuqarolar şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.