Toşkentda yölkirani tölamay, nazoratçiga qarşilik körsatgan şaxs qamaldi
Toşkent şahrida avtobusda yöl kira haqini tölamagan va jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzib, janjal qilgan yölovçiga 3 sutka mamuriy qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş” davlat muassasasi nazoratçilari tomonidan avtobuslarda tölov madaniyatini oşirişga qaratilgan kuçaytirilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 15 avgust kuni Toşkent şahri Çilonzor tumani hududida olib borilayotgan reyd tadbiri davomida “Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş” davlat muassasasi nazoratçilari tomonidan fuqaro M.M. avtobusdan bekatga tuşganida yöl haqi tölovini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etişini söragan vaqtda yölovçi turli vajlarni keltirib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzgan holda nazoratçi talabini bajarmasdan qarşilik qilgan. Fuqaroning şaxsiga aniqlik kiritiş jarayonida yölovçi janjal çiqarib, nazoratçiga kuç işlatişga uringan. Bu holat nazoratçiga biriktirilgan bodi kamera orqali yozib olingan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 24 sentyabr kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi binosida oçiq sud majlisi bölib ötgan. Sud majlisida huquqbuzar M.M. ga nisbatan 3 sutka mamuriy qamoq jazosi berilgan.
“Şu örinda eslatib ötamiz, «Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş» davlat muassasasi nazoratçilari hokimiyat vakilidir. Ularga hujum qiliş, zöravonlik bilan tahdid qiliş va haqorat qiliş qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi”, deyiladi xabarda.
Yölovçilar uçun eslatma:
- yölovçilar avtobusga çiqişi bilan yölkira haqini tölaşlari şart;
- yöl haqi avtobusga çiqiş vaqtida tölanmasa, yölovçi çiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi;
- çiptasiz yölovçilarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan jarima qöllaniladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 oktyabr sanasidan poytaxtda avtobus va metroda elektron tölov orqali bir martalik yöl haqi 1 700 sömdan 2 500 sömga kötariladi, naqd puldagi tölov esa 3 000 sömligiça qoladi.