Öqituvçilarga qöşimça pul va abituriyentlarga ball beradigan milliy sertifikat çeklanadimi?
Bilim va malakalarni baholaş agentligining nomi özgardi – “tezlik va reaktsiyalarni baholaş agentligi”. Röyxatdan ötiş öqişga kirişdek gap bölib qoldi. Lotereyaga röyxatdan ötiş boşlandi.
Abituriyentlarni imtihondan ozod qiladigan, öqituvçilarga qöşimça ustama puli olib keladigan milliy sertifikat atrofida oxirgi kunlarda muhokamalar avjida. Çunki imtihon topşirişda örinlar sonining limitlanişi haqida xabarlar tarmoqlarda tarqaldi. Xöş, özi vaziyat qanday? Qalampir.uz mavzuni batafsil örgandi.
Gap şundaki, endilikda talabgorlar imtihon ötkaziladigan hududlardagi mavjud örinlar doirasida röyxatga olinadi. Buning uçun 2026 yilning sentyabr-dekabr oylariga jami 496 ming 303 ta ötiriş örni belgilangan bölib sentyabr oyida – 125 ming 753 ta, oktyabrda – 129 ming 535 ta, noyabrda – 112 ming 335 ta, dekabrda esa – 128 ming 680 ta örin talabgorlar uçun oçiq. Örinlar soni belgilanayotganda esa nafaqat auditoriyalarning siğimi, balki avvalgi imtihonlardagi talabgorlar soni, testlarni tayyorlaş, nazoratni taşkil etiş va natijalarni öz vaqtida hisoblaş imkoniyatlari ham hisobga olingan.
Mutaxassisning aytişiça:
“Biz imtihonlarni sifatli taşkil etiş uçun oldindan rejalar tuzişimiz kerak. Imtihonlar sanalarini oldindan belgilaşimiz kerak. Har bir hududda bir vaqtning özida qança talabgor imtihonda iştirok etişi mumkin? Qança talabgorni biz sifatli holda imtihondan ötkaza olamiz? Mana şu imkoniyatlarni örganişimiz kerak degan mazmunda töliq örganişlar va xalqaro tajribadan hamda har bir hududda talabgorlarni ötiriş örnidan kelib çiqib, röyxatga oliş mexanizmi joriy etildi”.
Milliy sertifikat Özbekistonda 10 ta fandan beriladi. Ular – matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, tarix, geografiya, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, huquqşunoslik hamda xorijiy tillar. Xöş, imtihon topşiruvçilar sonining limitlanişiga aholi nima deydi?
“Yöq, yöq, menimça, unaqa navbat şart emas. Kim özini loyiq deb bilsa, tölovini qilib, topşiravergani yaxşi”, deydi suhbatdoşlarimizdan biri.
Aholi vakillaridan yana bir esa şunday fikrda:
“Menimça, hozirgi paytda bu tizimni taşkil qiliş töğri. Çunki sertifikat olganlar köpayib ketdi. Şuning uçun ballar ham kötarilib ketdi”.
“Bundan oldin biz ham abituriyent bölib, milliy sertifikat topşirgan paytimizda, oxirgi yil imtihon topşiradiganlar soni köpayib ketdi. Hamma tavakkalçilar ham, bilgan ham, bilmagan ham, ustozlar ham kirişni boşladi. Odamlarni örnini, yani sonini çeklagandan köra, menimça, topşiradigan odamlar, masalan, öqituvçilar kirmasligi kerak, abituriyentlarning özi topşirişi kerak deb öylayman. Lekin joyini çeklaş, qançalik töğri, notöğriligini bilmadim”, deydi avvalgi yillarda imtihon topşirganlardan biri.
Mutaxassisning sözlariga köra, limitni “kam joy ajratildi” deb baholaşga asos böladigan holat mavjud emas. Çunki 2025 yil noyabr oyida ona tili va adabiyot fanidan qariyb 80 ming nafar talabgor röyxatdan ötgan bölsa, bu yil şu fan uçun bir imtihonga 97 mingdan ortiq örin rejalaştirilgan. Tarix faniga esa ötgan yilgi qariyb 24 ming nafar talabgor örniga bu yil 30 mingdan ortiq örin ajratilgan.
Bundan taşqari, ötgan yil ikkinçi yarim yillikda bu fanlarning har biridan-bir martadan imtihon ötkazilgan bölsa, bu yil ular böyiça imtihonlar ikki martadan taşkil etilmoqda. Yani örinlar soni bir martalik imtihon bilan çeklanmaydi.
“Biz bu yil grafikka ham şunday özgartiriş kiritdikki, talabgorlar sonini belgilaş bilan birga, biz imtihonlarning intervalini tezlaştirdik. Yani bitta imtihonga sifatli tayyorgarlik köraylik va keyingisiga tayyorgarlik körib, uni ham tezroq ötkazaylik. Şunda biz köproq odamning bilimini baholaşimiz mumkin böladi. Şu maqsadda, har ikki oyga bittadan imtihon qöydik. Har bir fan böyiça qöydik. Mana, oktyabr oyida ona tili va adabiyot va tarix fanidan imtihon böladigan bölsa, dekabr oyida ham yana aynan şu fanlardan imtihon ötkaziladi. Bu degani, 100 mingga yaqin ona tili va adabiyot fanidan talabgorga ikki marta imtihon böladigan bölsa, salkam 200 ming degani. Tarix fanidan 30 mingdan ortiq talabgorga ikki marta imtihon böladigan bölsa, 60 mingdan ortiq degani. Ötgan yil bilan taqqoslaganda, bemalol 2,5–3 baravar köp joy rejalaştirilgan”, deydi Jamşidbek Odilov.
Demak, tizimni özgartirişdan maqsad – bir imtihonga çeksiz miqdorda talabgor yiğiş örniga, imkoniyatni oldindan hisoblaş va imtihonlarni köproq sanaga taqsimlaş hisoblanadi.
Natijada 2026 yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan ikki martadan, huquqşunoslik fanidan esa bir marta, jami 15 ta imtihon ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eng talabgir yönalişlardan biri bölgan ona tili va adabiyot fanidan avvalgi yilda dastlabki kunlarda röyxatdan ötiş yuqori bölmagan, ammo yangi tartib joriy qilingaç, aynan ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari böyiça röyxatdan ötiş boşlangaç, ajratilgan örinlar qisqa vaqt içida tölib qolgan. Agentlik malumotiga köra, röyxatdan ötgan talabgorlarning 50 foizi ham tölovni amalga oşirmagan. Ayrimlar esa arizasini bekor qilmoqda.
“Notöğri tarğibotlar orqasidan agentlik tomonidan juda kam limit ajratilgan, tezroq röyxatdan ötiş kerak degan turli fikrlar tarqaldi va qisqa vaqt içida öşa yarim kunda, deyarli ajratilgan joylar töliq tölib qoldi. Tölib qoldi deganda ham, biz bu narsani töğri qabul qilişimiz kerak. Talabgorlar şunçaki kirib, ariza qoldirişdi, xolos. Bilamizki, imtihonlar malum tölov asosida taşkil etiladi. Bu tölovlar imtihonlarni sifatli taşkil etiş, imtihon xarajatlarini qoplaş uçun işlatiladi. Mana hozirgi kunga kelib, ona tili va tarix fanidan 130 mingdan ortiq talabgorlar röyxatdan ötgan bölsa, ularning hali 50 foizi ham imtihon uçun tölovni amalga oşirmagan va jarayonda köryapmizki, juda köplab talabgorlarimiz topşirgan arizasini şunçaki bekor qilib ketyapti. Yani şoşma-şoşarlik bilan, imtihonga hali tayyorgarlik körmagan, imtihonda hali qatnaşişi aniq bölmagan, hali qatnaşamanmi-yöqmi degan fikrdagi odamlar ham yoppasiga röyxatdan ötgan. Biz ajratgan joy uçun talabgorlar tölovni amalga oşirib, oxirigaça band qiladigan bölsa, ular imtihonda albatta iştirok eta oladi. Lekin ular arizasini bekor qilib ketadigan bölsa yoki tölovni amalga oşirmaydigan bölsa, öz-özidan mavjud örinlar qayta röyxatdan ötişga çiqariladi. Buni sodda tilda, agar keng jamoatçilikka tuşuntiriş misolida oladigan bölsak, hammamiz temir yölga yoki samolyotga çipta olganmiz. Kiramiz, temir yölda çipta olmoqçi bölsak, bizga joyni band qilganimizdan söng, tölovni amalga oşiriş uçun 15 daqiqa vaqt beriladi. Yoki samolyotda tölovni amalga oşiriş uçun 30 daqiqa vaqt beriladi. Va mana şu vaqt içida biz tanlagan joy band qilib turiladi, boşqa odam buni ololmaydi. Lekin mana şu vaqt içida tölovni amalga oşirmasak, öz-özidan bizning arizamiz bekor qilinadi va boşqa odam şu çiptani olişi mumkin. Biz ham şuni rejalaştiryapmizki, imtihon uçun hozir joyni band qilib turgan talabgorlarimiz tölovni amalga oşirmaydigan bölsa, imtihonda iştirok etiş istagini bildirmaydigan bölsa, ularning örniga boşqa imtihonda iştirok etiş istagini bildirgan talabgorlarimiz röyxatdan ötib, tölovni amalga oşirgan holda qatnaşişlari mumkin böladi”, deydi Bilim va malakalarni baholaş agentligi bölim boşliği
Qisqa qilib aytadigan bölsak, yangi tartib tufayli ruhiy zarba olişingizga hozirça zarurat yöq. Imtihonlar esa sizning tezligingizni emas, bilimingizni baholaş uçun xizmat qiladi.
Jasmina Murtazoyeva