USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bölgan özbekistonlik Turkiyada uşlandi

119 марта
Одам савдосида гумонланиб, қидирувда бўлган ўзбекистонлик Туркияда ушланди

Odam savdosida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Turkiyada qölga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi, 1981 yilda tuğilgan N.E. Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul şahrida aniqlanib, qölga olingan.

Gumonlanuvçi N.E. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan ayblanib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qidirilayotgan bölgan. U yoş qizlarni yuqori maoşli iş vadalari bilan aldab, Turkiyaga olib keliş va bu yerda ularning pasportlarini olib qöygan holda ekspluatatsiya qiliş bilan şuğullanganlikda gumon qilinmoqda.

Bildirilişiça, mazkur şaxs belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topşirilgan. Hozirda unga nisbatan tegişli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq 5 mlrd sömlik kredit mablağlarini özlaştirganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan özbekistonlik Turkiya hududida qölga olinib Özbekistonga qaytarilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: