USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

3 yaşar qizini urib öldirgan onadan boşqa farzandi olib qöyildi

142 марта
3 яшар қизини уриб ўлдирган онадан бошқа фарзанди олиб қўйилди

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 3 yaşar ögay qizini urib öldirgani aytilgan ayol haqida xabar berilgandi. Mazkur holatdan söng oiladagi boşqa voyaga yetmagan bola xavfsizligini taminlaş maqsadida yaqin qarindoşining vasiyligiga topşirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot kotibi Dilfuzabegim Rözmetova malum qildi.

Dastlabki malumotlarga köra, voqea joriy yilning 26 sentyabr kuni yuz bergan. Oiladagi kelişmovçilik ortidan voyaga yetmagan bola oğir tan jarohati olgan. Unga tibbiy yordam körsatilganiga qaramay, şu kuni vafot etgan.

Bildirilişiça, hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, hodisaning barça holatlariga tergov yakunlari böyiça huquqiy baho berilişi qayt etilgan. Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Bundan taşqari, oiladagi boşqa voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi, huquq va qonuniy manfaatlarini taminlaş maqsadida u yaqin qarindoşining vasiyligiga topşirilgan.

“Hozirda bolaning hayotiy holatini barqarorlaştiriş va xavfsizligini taminlaş maqsadida ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari tomonidan bir qator çoralar körilmoqda. Jumladan, uning hayotiy holati va mavjud xavf omillari baholanmoqda, zarur psixologik yordam körsatilmoqda hamda tibbiy körik taşkil etilmoqda“, deyildi xabarda.

Qayd etilişiça, bolaning yaşaş manzili özgargani inobatga olinib, talimini uzluksiz davom ettiriş böyiça çoralar körilmoqda. Ijtimoiy xodim tomonidan bola böyiça ijtimoiy keys oçilib, unga individual ijtimoiy xizmatlar körsatiş rejasi işlab çiqilmoqda.

Dilfuzabegim Rözmetovaga köra, agentlik yaqin qarindoşi qaramoğiga topşirilgan bolaning xavfsizligi va farovonligini, şuningdek, unga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda individual rejaning ijrosini muntazam nazorat qilib boradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Olmazor tumanida 3 yoşli bolani enagasining turmuş örtoği urib öldirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: