Buxorodagi “Karvon” bozorida katta yonğin çiqdi
Bugun, 3 oktyabr kuni Buxoro şahrida joylaşgan “Karvon” bozorida katta yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 21:49 da Buxoro viloyati FVBga Buxoro şahrida joylaşgan “Karvon” bozorida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bölinmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan. Soat 23:45 da yonğin qurşab olingan va soat 00:12 da töliq bartaraf etilgan.
Bildirilişiça, tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan. Qöşimça malumot taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Yangihayot tumanidagi yangi qurilayotgan masjid binosida yonğin sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.