Erdöğanga hurmatsizlik, Samalyotdagi jang va Qirğizistonning suniy yöldoşi
Dubaydan uçgan samolyot kabinasida qonli töqnaşuv! Ikkinçi uçuvçi uçoq kapitanini öldirib, samolyotni Isroildagi osmonoöpar bino ustiga qulatmoqçi bölgani aytilmoqda. Ammo baxtli tasodifni qarangki, havo kemasida isroillik doktorlar va zaxira uçuvçilari bölgan ekan!
Zelenskiy Kiyevdan qoçib ketişi mumkin. Siyosiy tahlilçi şunday demoqda. Biroq Ukraina prezidenti öz davlatida ballistik raketa işlab çiqarişni yölga qöygani bilan maqtanmoqda. Xöş, kimning gapiga işonasiz?
Erdöğanga nisbatan oçiq hurmatsizlik. Turkiya prezidenti nutq sözlayotganida muxolifatçilar oşkora zalni tark etdi. “Kimnidir eşitib turişga vaqtimiz yöq”, dedi ular. Anqarada siyosiy ziddiyatlar avj olyapti.
Rossiya inson aralaşuvisiz – töliq avtomatik rejimda butun dunyoni yöq qila oladigan “Ölik qöl” tizimini yangiladi! Mamlakat rahbariyati halok bölgan taqdirda ham, yadroviy raketalar qasos oliş uçun öz-özidan uçadi.
Samolyotdagi qonli jang
Joriy yilning 30 sentyabr kuni Yaqin Şarq aviatsiya tarixida va mintaqaviy siyosatda kamdan-kam uçraydigan, murakkab hamda köplab savollarni keltirib çiqargan hodisa yuz berdi. Dubaydan Tel-Avivga yöl olgan Flydubai aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 samolyotida, uçuvçilar xonasida qonli jang bölgan. 174 nafar yölovçi, jumladan 27 nafar bola va ekipaj azolari bölgan layner kutilmaganda pastga qulaşni boşlagan. Odamlar qörqib ketgan, baqir-çaqir boşlangan, ammo şu paytda ham hammasini telefoniga yozib olganlar bölgan.
Parvoz boşlanganidan taxminan bir yarim soat ötgaç, samolyot dastlab xalqaro aviatsiyada umumiy favqulodda holatni bildiruvçi 7700 kodini uzatgan. Biroq oradan bir neça daqiqa ötar-ötmas, bortdan 7500 kodi – yani samolyotni noqonuniy egallab oliş yoki olib qoçiş holatini anglatuvçi signal berilgan. Keyinçalik malum bölişiça, samolyot juda qisqa vaqt içida – bor-yöği 37 soniya içida taxminan 4,6 ming metr balandlikni yöqotgan va keskin pastlay boşlagan. Signal va balandlikning birdan tuşib ketişi ortidan isroil Harbiy-havo kuçlari zudlik bilan harakatga kelib, harbiylar ehtimoliy teraktning oldini oliş maqsadida qiruvçi samolyotlarni havoga kötardi. isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Israel Kats zudlik bilan favqulodda maslahatlaşuvlar ötkazişga majbur böldi.
Voqea joyidan va manbalardan olingan dastlabki xabarlar axborot makonida biroz çalkaşlik va hatto siyosiy manipulyatsiyalarga sabab böldi. Dastlabki xabarlarda uçuvçilar Rossiya va Ukraina fuqarolari ekani haqida asossiz davolar tarqaldi. Masalan, rossiyalik tarğibotçi Vladimir Solovyov öz Telegram-kanalida: “Ikkinçi uçuvçi – ukrainalik rossiyalik kapitanga bir neça bor piçoq jarohati yetkazdi”, deb yozib, vaziyatdan siyosiy oçko işlaşga urindi. Biroq tez orada bu malumotlar mutlaqo yolğon ekani tasdiğini topdi.
Keyinçalik “Ynet”, “Walla” hamda “The Telegraph” kabi yetakçi xalqaro va Isroil naşrlari tarqatgan rasmiy hamda aniqlaştirilgan malumotlarga köra, samolyot kapitani Hindiston fuqarosi Smit Maççxar bölgan, unga hujum qilgan ikkinçi uçuvçi esa Oman fuqarosi ekani malum böldi. Isroil maxsus xizmatlari va “The Telegraph” naşri suhbatlaşgan 3 ta manbaning takidlaşiça, ikkinçi uçuvçi samolyot boşqaruvini egallab olib, uni Tel-Avivdagi osmonoöpar binolardan biriga urişni hamda bortdagi 150 nafarga yaqin isroillik yölovçilar bilan birga halokatga uçratişni rejalaştirgan. 2001 yil 11 sentyabr voqealarini eslatyaptimi sizga ham?
Kabina içida sodir bölgan qonli töqnaşuv tafsilotlarini esa Kapitan Smit Maççxar keyinçalik Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan videomuloqot çoğida oçdi:
“Öşa paytda men öz hayotim uçun kuraşayotgan edim. Juda oğir jarohat olganimdan yiqilib tuşdim. Xayolimdan: “Agar qaytib oyoqqa tura olmasam-çi?” degan fikr ötdi. Polda yotganimda samolyot pastga şönğiyotganini his qildim. Buning nima bilan yakunlanişini aniq tuşunib turardim. Meni kaltaklaşda davom etayotganiga qaramay, şunçaki eşikni oçdim. Şunda içkariga boşqalar kirib kelişdi”.
17 yillik parvoz tajribasiga ega bölgan kapitan Maççxarga çöntak piçoği bilan oğir jarohat yetkazilgan. Unga bortda bölgan isroillik şifokorlar yordam bergan. Samolyot boşqaruvini esa uşbu reysda yölovçi sifatidagi va kelgusi reysni bajarişi kerak bölgan zaxiradagi ikki nafar uçuvçi öz qöliga olib, laynerni Saudiya Arabistonining Tabuk aeroportiga xavfsiz qöndirişga muvaffaq böldi.
Zör tasodif-a? Bir uçuvçi yaralanar ekanu, lekin bortda ham şifokor, ham hamşira bölib, uning hayotini saqlab qoladi. Biri qölga olingani, ikkinçisi jarohatlangani uçun uçuvçisiz qolgan samolyotda yölovçi bölib ketayotgan boşqa uçuvçilar ham bölib, vaziyatni nazoratga olar ekan. Ha, bir qaraşda şubhalanişga arziydigandek malumot. Ammo dunyo aviatsiya tajribasida uzoq masofali safarlarga bir tomonga boşqa uçuvçilar, qaytişga esa boşqa ekipaj azolari jalb qilinişi allaqaçon odatga aylangan.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida uşbu hujumçini zararsizlantirişda jonbozlik körsatgan fuqaro oddiy santexnik ekanini alohida takidlab ötdi. Samolyot Tabuk aeroportiga qöngaç, Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari hujumçi – Oman fuqarosini hibsga oldi hamda keyinçalik uni BAAga topşirdi. Hozirda unga nisbatan terrorizm moddasi böyiça tergov olib borilmoqda. BAA Prezidentining diplomatik masalalar böyiça maslahatçisi Anvar Gargaş sodir bölgan voqeani rasman “xavfli terrorçilik harakati” deb baholadi. Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats esa voqeani “jihodga uriniş” deb atadi. Şunga qaramay, Flydubai aviakompaniyasining rasmiy vakillari tergov yakunlanmaguniça barvaqt xulosalar çiqarmaslikka çaqirmoqda.
Erdöğan nutqi tinglanmadi
Turkiyaning qizğin siyosiy sahnasida navbatdagi keskinlik. Muxolifat Erdöğanning nutqini tinglaşni xohlamay, prezident sözlayotganida zalni tark etdi. Joriy yilning 1 oktyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi 28-çaqiriq 5-qonunçilik yilining oçilişi munosabati bilan öz işini rasman boşladi. Anqaradagi parlament binosida soat 14:00 da Majlis raisi Nömon Kurtulmuşning yangi konstitutsiya yaratiş zarurati va mamlakatdagi jamğarma inqiroziga oid maruzasi bilan boşlangan yiğiliş keyinçalik muxolifatçilarning oşkora siyosiy kuraş maydoniga aylandi.
Voqealar rivoji mamlakat Prezidenti Rejep Tayip Erdöğan maruza qiliş uçun minbarga taklif etilganida keskin tus oldi. Minbarga Erdöğan kötarilayotgan paytda “Yangi partiya” (Yeni Parti), “Yaxşi partiya” (İYİ Parti) hamda “Respublika xalq partiyasi” (Cumhuriyet Halk Partisi) deputatlari örinlaridan turmay, unga nisbatan özlarining etirozli pozitsiyasini namoyiş etdi. Istiqlol marşi (Mustaqillik madhiyasi) öqilib, sukut saqlaş marosimi poyoniga yetgaç, Erdöğan öz nutqini boşlamoqçi bölgan soniyalarda Özgur Özel boşçiligidagi “Yangi partiya” deputatlari birin-ketin zalni tark eta boşladi. Erdöğan minbarda turgança bir muddat “Yangi partiya” saflaridagi örindiqlar böşab qolişini jim kuzatişga majbur böldi, uşbu noqulay sukunatni esa hukmron “Adolat va taraqqiyot partiyasi” (Adalet ve Kalkınma Partisi) safidan yangragan qarsaklar bosib ketişga urindi.
Aslida, bu kabi keskin qadamni parlament zalidagi köpçilik kutmagan edi. Bölib ötgan voqeadan bir kun avval, yani 30 sentyabr kuni Özgur Özel “Medyascope” naşriga bergan intervyusida bosiqroq bayonot bergan va parlament oçilişini şunçaki iştirok bilan çeklaşini qayd qilgan edi:
Ertaga Majlisdagi özimizning örnimizni egallaymiz, majlisda iştirok etamiz. Söngra hamkasblarimiz öz saylov okruglaridagi dasturlar uçun jönab ketişadi”, degan edi u.
Zalni tark etayotgan vaqtda jurnalistlarning savollariga javob bergan Özgur Özel mazkur qarorining sabablarini oçiq va qatiy ohangda tuşuntirib ötdi. U mamlakatda sud tizimi va mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan tazyiqlar ötkazilayotganini takidladi:
“Asosiy muxolifat partiyasi sifatida Majlis oçilişida iştirok etdik, Majlis raisining nutqini tingladik, Istiqlol marşimizni öqidik. Bundan buyon partiyamizga nisbatan sud töntarişini amalga oşirib, partiya boş raisi va rahbariyatini özgartirib, örniga öziga maqul bölgan tayinlovni bajargan, prezidentlikka nomzodimizni qamoqqa taşlagan, bugun ertalab Turkiya şahar hokimliklari uyuşmasi saylovlarida ğalaba qozoniş uçun aybsiz va gunohsiz Mersin şahar hokimiga qarşi operatsiya uyuştirgan kimnidir eşitişga sarflaydigan vaqtimiz yöq”, dedi u.
Mazkur bayonotdan söng Özel parlament binosida öz partiyasining Markaziy ijroiya kengaşini favqulodda yiğilişga töpladi.
Xalqaro va mahalliy kuzatuvçilarning takidlaşiça, Özgur Özelning bu xatti-harakati uning ötmişdagi siyosiy taktikasining davomi hisoblanadi. Aslida Özel “Respublika xalq partiyasi” yetakçisi sifatida 2025 yilda ham Majlisning oçiliş marosimini boykot qilgan va bu qadami turk siyosiy jamoatçiligida keng bahslarga sabab bölgan edi. Endilikda esa u “Yangi partiya” rahbari sifatida yangi qonunçilik yilini yana bir bor Erdöğan hukumatiga qarşi oçiq protest bilan boşladi. Muxolifat vakillarining fikriça, hukumat sud tizimidan foydalanib, muxolif partiyalarning içki işlariga aralaşmoqda va mahalliy öz-özini boşqariş organlariga, xususan Mersin şahar hokimligiga nisbatan bosim ötkazmoqda.
Turkiyada Erdöğan boşçilik qiladigan Hukmron partiya parlamentda yangi konstitutsiya islohotlarini ilgari surişga urinyapti. Tabiiyki, bu muxolifat tomonidan “öz-öziga şaroit hozirlaş” sifatida yomon baholanadi. Bu esa Anqarada yaqin oylarda qonun çiqaruvçi organdagi bahslar yanada şiddatli va murosasiz keçişi aniq degani.
Ukraina atrofida harbiy girdob
Joriy yilning sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi boşiga kelib, Ukraina atrofidagi harbiy va geosiyosiy vaziyat bir vaqtning özida ham front çiziğida, ham xalqaro diplomatiya sahnasida öta keskin va murakkab tus oldi. Bir tomondan Kiyev özining harbiy-sanoat salohiyatini namoyiş etib, içki imkoniyatlar evaziga yaratilgan yangi qurollarni sinovdan ötkazayotgan bölsa, ikkinçi tomondan front ortidagi moliyaviy, diplomatik va içki siyosiy bosimlar tobora ortib bormoqda.
Harbiy frontdagi eng şov-şuvli voqealardan biri – Ukrainaning özida işlab çiqarilgan “FP-7” taktik ballistik raketasining ilk bor jangovar şaroitda qöllanilişi böldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida buni malum qildi:
“Ukrainaning taktik ballistik raketasi – FP-7. Birinçi jangovar qöllaniş. Natija uçun rahmat. Endilikda asosiy vazifa uşbu raketalarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyişdan iborat”, dedi Zelenskiy.
“Fire Point” kompaniyasi tomonidan yaratilgan uşbu raketa quruqlikdagi qurilmadan uçirilib, 200 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni urişi va 150 kilogrammgaça jangovar kallak olib yurişi mumkin. Kompaniya hamraisi va boş konstruktori Denis Ştilerman uşbu qurolni AQŞning maşhur Armiya taktik raketa tizimiga qiyoslab, u Amerikaning analogidan taxminan 2,5 barobar arzon tuşişini bildirdi. Kompaniya boş direktori Irina Terex esa sentyabr oyida raketa sinovlardan muvaffaqiyatli ötganini malum qilgan edi. Bundan taşqari, kompaniya 850 kilometrgaça uça oladigan “FP-9” raketasini ham sinovdan ötkazmoqda.
Biroq harbiy sohadagi bunday siljişlar fonida Kiyevning xalqaro munosabatlarida jiddiy darz ketiş holatlari kuzatilmoqda. Xususan, Janubiy Koreya bilan yuzaga kelgan diplomatik janjal bunga yorqin misoldir. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2026 yil 28 sentyabr kuni elon qilgan postida Rossiya hududida 8 mingdan ortiq Şimoliy Koreya harbiysi borligini va yana 10 ming kişi yuborilişga tayyorlanayotganini aytdi. Bu bayonot ortidan Kiyev va Seul örtasida parda ortida keçgan pinhona kelişuv oşkor bölib qoldi. Ukraina asir tuşgan ikki Şimoliy koreyalik mahbusni Janubiy Koreyaga bergani malum böldi. Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon X (Twitter) tarmoğida keskin munosabat bildirdi:
“Şimoliy koreyalik harbiy asirlarni repatriatsiya qiliş masalasi böyiça Ukraina tomoni malumotlarni oşkor qilmaslikni söradi va biz uni sir saqlaşga kelişib olgandik. Biroq Ukraina bir tomonlama tartibda bu malumotni oşkor qildi”.
Siyosatçining takidlaşiça, Seul rasmiy keçirim söraşni talab qilganda, Kiyev diplomatik etiketni çetga surib, özini xuddi heç qanday kelişuv bölmagandek tutgan va Janubiy Koreya Prezidentini amalda yolğonçiga çiqargan. Li Çje Myon Ukraina harakatlarini “Koreya yarimorolida uruş boşlanişiga turtki berişga uriniş” deb atadi va agar Kiyev oşkora keçirim söramasa, Seul qatiy çora körişidan ogohlantirdi. Vaziyatni yumşatiş maqsadida Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga munosabat bildirdi:
“Janubiy Koreya biz uçun muhim… Biz uşbu diplomatik tuşunmovçilikni hal qilişni çin dildan xohlaymiz”, deya bayonot berişga majbur böldi u.
Şu bilan birga, Okean ortidan kelayotgan xabarlar ham Kiyev uçun unçalik yaxşi emas. “The Waşington Post” naşrining yozişiça, Tramp administratsiyasi Kongress taqiqini çetlab ötib, Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlariga, jumladan Ukrainani qöllab-quvvatlaşga möljallangan 52 million dollar harbiy yordam mablağlarini Lotin Amerikasi davlatlariga (Panama, Peru, Ekvador va Kolumbiyaga) narkoterrorizmga qarşi kuraş bahosi bilan yönaltirib yubordi. 30 sentyabr kuni keçqurun Administratsiya bu haqda Kongressni yaşirinça xabardor qilgan, bu esa senator Jinn Şeyxin va Gregori Miks kabi qonunçilar hamda Davlat kotibi Marko Rubio örtasida jiddiy etirozlarga sabab böldi.
Vaziyatning bunday murakkablaşuvi fonida, xalqaro maydonda sulh böyiça turli takliflar ilgari surilmoqda. 1 oktyabr kuni Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga Kiyev Moskva bilan öt oçişni töxtatiş böyiça Hindiston, Turkiya, Misr va AQŞdan 4 ta taklif olganini aytdi. Hindiston taklifi energetika va Qora dengizda bir vaqtning özida sulh örnatişni nazarda tutsa, Turkiya va Misr dengizdagi don eksporti xavfsizligiga urğu bermoqda. AQŞ esa energetika obektlariga zarbalarni özaro töxtatişni taklif qilgan. Biroq 1 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu kabi çeklangan takliflarni, xususan NQZlar va kemalarga zarbalarni töxtatiş ğoyasini “manosiz” deb atab, masalani faqat kompleks va özaro manfaatlarni inobatga olgan holda körib çiqiş mumkinligini bildirdi.
Ammo 1 oktyabrga ötar keçasi Rossiya kuçlari Ukraina şaharlariga dronlar orqali navbatdagi zarbalarni berdi. Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, dronlardan biri Solomenskiy tumanidagi maktab binosiga va 16 qavatli turarjoy binosiga urilgan. Odessada esa biznes-markaz va infratuzilma obektlari şikastlangan.
Muammolar va infratuzilmaning izdan çiqişi Ukraina içidagi kayfiyatga ham tasir ötkazmay qolmayapti. Britaniyalik siyosatşunos Aleksandr Merkuris “The Duran” kanalida bergan intervyusida, Kiyevdagi oğir şaroit va transport tugunlarining zaiflaşuvi sababli Zelenskiy va hukumat poytaxtni tark etib, mamlakat ğarbiga köçişi real ehtimolga aylanayotganini aytdi. Ukrainaning sobiq prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendel ham poytaxtni tark etayotganlar soni ortganini tasdiqlab, aholi hukumatdan “keng kölamli piar va öğrilikdan boşqa heç narsa olmayotganini” va inqilobiy kayfiyat şakllanib borayotganini takidladi. Sobiq deputat Kilinkarov kabi bazi tahlilçilar esa mojaro yakunlangaç, Zelenskiy hatto Isroilga ketişi mumkinligi haqida farazlarni ilgari surmoqda.
Rossiyada yonğinlar
Rossiyada ham vaziyat u qadar zör emas. Ukrainaning ketma-ket zarbalari texnogen inqirozlarga sabab bölgandi. Endi esa Rossiya içkaridan yonyapti.
Joriy yilning 1 oktyabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatida joylaşgan va “Rostex” davlat korporatsiyasiga qaraşli Krasnozavodsk kimyo zavodida kuçli portlaş sodir böldi. Mahalliy aholining guvohlik berişiça, korxonada ketma-ket 3 ta kuçli portlaş ovozi eşitilib, atrofda uylar silkingan, şundan söng obektda yonğin boşlangan. Portlaş zavodning 4-tsexida yuz bergan va uşbu bino töliq qulab, vayronalar ostida odamlar qolib ketgan. Rasmiy malumotlarga köra, hodisa oqibatida kamida 7 kişi halok bölgan va önlab işçilarning taqdiri nomalumligiça qolmoqda. Binodan 40 ga yaqin xodim evakuatsiya qilingan. Favqulodda xizmatlar voqeani texnogen xususiyatga ega deb baholadi. Tezkor xizmatlar hududda havo hujumi haqida xabar berilmaganini takidlamoqda, biroq uruş şaroitida harbiy-sanoat majmui obektlaridagi bunday halokatlar Rossiya içki sanoat xavfsizligidagi jiddiy inqirozlarni körsatib beryapti.
Xuddi şu kuni, yani 1 oktyabr keçki soat 20:11 larda Sankt-Peterburg şahrining tarixiy markazida – Isaak maydonida joylaşgan XVIII asrga oid maşhur Miller saroyida ham ulkan yonğin yuzaga keldi. Olov tezlik bilan 2 ming kvadrat metr maydonni qamrab olib, binoning tomi qulab tuşgan hamda olov qöşni binodagi mehmonxonaning 250 kvadrat metr qismiga ötgan. Şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi vakili Andrey Litovka yonğin vaqtida binodagi yoğoç qavatlar, murakkab rejalaştiriş va yuqori harorat olovning şiddat bilan tarqalişiga sabab bölganini bildirdi. “Fontanka” naşrining manbalariga köra, favqulodda xizmatlar qasddan öt qöyiş versiyasini ham körib çiqmoqda. Etiborlisi, qiymati 700 million rubldan ortiqqa baholangan va “TAS” kompaniyasi tomonidan elita uy-joyiga moslaştiriş rejalaştirilgan uşbu obektda aynan 1 oktyabr kuni restavratsiya oldi tayyorgarlik işlari boşlangani elon qilingan edi. Sanoat va madaniy meros obektlarining ketma-ket alanga olişi Rossiya şahar infratuzilmalarida nazorat va xavfsizlik mexanizmlari izdan çiqqanini anglatadi.
Ammo Rossiyaning harbiy-strategik rejalari köpçilikni xavotirga solişda davom etmoqda. “Dose” markazi, “Danwatç” va “The Sunday Times” tadqiqotçilarining maxfiy hujjatlar va davlat xaridlari materiallariga tayanib elon qilgan xabariga köra, Rossiya toğ içida dunyoni portlatişga tayyor turadigan “aqlli” va avtomatlaştirilgan yadroviy tugmani yaşirgan. U “Ölik qöl” deb ataladi.
Sverdlovsk viloyatining şimolidagi Kosvinskiy Kamen toği içida barpo etilgan bu aqlli qurol qanday işlaydi? Tasavvur qiling, duşman kutilmaganda Rossiyaga hujum qildi va barça rahbarlarni (Prezident, generallar, qömondonlarni) yöq qildi. Odatda bunday paytda buyruq beradigan odam qolmaydi. Lekin bu tizim maxsus datçiklar orqali mamlakatda nima bölayotganini kuzatib turadi. Agar rahbarlar halok bölganini va mamlakatga yadro zarbasi berilganini bilsa, inson aralaşuvisiz, avtomatik ravişda duşmanga qarşi barça yadro raketalarini uçirib yuboradi. Amerikaning mutaxassisi jeffri Lyuisning aytişiça, Rossiya rahbariyati buni yovuzlik qiliş uçun emas, balki qörquv va xavotir sababli qilgan. Ular AQŞ tösatdan hujum qilib, rahbariyatni yöq qilib taşlaşidan qörqadi. Qisqaça aytganda: Bu Rossiyaning “bizni yöq qilsangiz ham, avtomatlaştirilgan tizim baribir sizga javob zarbasini beradi” degan oxirgi kafolat qalqonidir. 1970 yillarda “Perimetr”ni yaratişda qatnaşgan va 2005–2010 yillarda uni modernizatsiya qilişga rahbarlik qilgan istefodagi general-mayor Viktor Xalinning sözlariga köra, Prezident Vladimir Putin 2005 yilning may oyida “Ölik qöl”ning yangi boşqaruv böğinini quriş töğrisidagi maxfiy farmonni imzolagan. Tizim 2010 yilda sinovdan ötkazilgan, 2020 yilga kelib esa obekt yaqinida harbiy şaharça qad rostlagan.
Qirğiziston ilk suniy yöldoşi
2026 yilning 1 oktyabr kuni Markaziy Osiyo mintaqasi va xususan Qirğiziston uçun tarixiy, ammo şu bilan birga köplab geosiyosiy savollarni örtaga taşlaydigan muhim voqea yuz berdi. AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan Vandenberg harbiy-havo kuçlari bazasidan Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegişli Falcon 9 taşuvçi raketasi orqali Qirğizistonning birinçi milliy suniy yöldoşi orbitaga uçirildi. Amaliy taşrif bilan Amerika Qöşma Ştatlariga borgan Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov uşbu koinotga uçiriş marosimida şaxsan iştirok etdi. Uşbu voqea bir qaraşda texnologik va ekologik sakraş kabi körinsa-da, uning zamirida mintaqadagi siyosiy muvozanat va raqamli nazoratning yangi bosqiçi yotganini payqaş qiyin emas.
Qirğiziston Prezidenti Administratsiyasi va matbuot xizmati bergan rasmiy malumotlarga köra, koinotga olib çiqilgan uşbu apparat töliq Bişkek şahridagi maxsus boşqaruv markazidan nazorat qilinadi. Rasmiylarning takidlaşiça, kosmik apparat eng avvalo, qişloq xöjaligi ekin maydonlari, eriyotgan muzliklar, suv obektlari, örmonlar va yaylovlarni monitoring qiliş uçun mutlaqo yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Şuningdek, u ekotizimlardagi özgarişlarni kuzatiş, tabiiy ofatlar xavfini oldindan baholaş, yer qaridan noqonuniy foydalaniş holatlarini, noqonuniy çiqindixonalarni aniqlaş hamda logistika yönalişlarini maqbullaştirişga xizmat qilişi aytilmoqda.
“Bu davlat qarorlarini qabul qiliş, investitsiyaviy rejalaştiriş va davlat dasturlari amalga oşirilişini nazorat qilişda xolis malumotlarni qöllaş imkonini beradi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Biroq, siyosiy va texnologik tahlilçilar uşbu hodisaga birgina ekologik va iqtisodiy prizma orqali qaraş biryoqlama bölişini etirof etmoqda. Birinçidan, loyihaning aynan AQŞ harbiy-havo kuçlari bazasidan va amerikalik xususiy aerokosmik gigant tomonidan amalga oşirilişi Vaşington va Bişkek örtasidagi sönggi yillarda sezilarli darajada ilib borayotgan aloqalardan dalolat beradi. Ananaviy ravişda Rossiya va Xitoyning tasir doirasida bölgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining öz ilk kosmik infratuzilmasini AQŞ orqali koinotga olib çiqişi geosiyosiy piçing va signallardan xoli emas. Bişkek bu qadami bilan özining köp vektorli taşqi siyosatini namoyiş etayotgandek taassurot qoldiradi.
Ikkinçidan, suniy yöldoş orqali yiğiladigan malumotlarning keyinçalik davlat raqamli tizimlariga integratsiya qilinişi mamlakat içki boşqaruvida nazorat va monitoring imkoniyatlarini misli körilmagan darajada oşiradi. Malumotlarni fazoviy xaritalar va tahliliy modellar körinişiga keltiriş orqali hukumat nafaqat tabiiy resurslarni, balki noqonuniy konçilik yoki yer bölinmalarini aniq körib turadi. Tabiiyki, bunday darajadagi şaffoflik ayrim mahalliy oligarxik guruhlar va noqonuniy biznes tuzilmalari uçun unçalik xuş yoqmaydigan haqiqatdir.
Xalqaro kosmik va tahliliy naşrlarning yozişiça, Markaziy Osiyo mamlakatlarining kosmik poygaga qöşilişi mintaqada suveren malumotlar bazasini yaratiş istagi bilan boğliq. Hozirgaça hududdagi köplab davlatlar geodeziya va gidrologiya malumotlarini xorijiy suniy yöldoş operatorlaridan sotib olişga majbur bölib kelayotgan edi. Qirğizistonning uşbu qadami ularni öz hududidagi jarayonlarni xolis va mustaqil baholaş imkoniyati bilan taminlaydi.