Rossiya davlatlarni diplomatlarini Kiyevdan evakuatsiya qilişga çaqirdi
7-05-2026, 15:50
77 марта

Rossiya davlatlarni diplomatlarini Kiyevdan evakuatsiya qilişga çaqirdi
Rossiya Ukraina poytaxtiga berilişi mumkin bölgan zarba xavfi tufayli xorijiy davlatlarga öz diplomatlarini Kiyevdan evakuatsiya qilişni tavsiya etdi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova malum qildi.Uning sözlariga köra, joriy yilning 4 may kuni Rossiya tomoni Ukrainada akkreditatsiyadan ötgan barça diplomatik missiyalar va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalariga tegişli nota yuborgan.
Moskvaning bildirişiça, 9 may bayramiga bağişlangan tadbirlarni buzişga bölgan urinişlar sodir bölgan taqdirda “javob zarbasi” berilişi mumkin. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 4 may kuni Yerevanda ötgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida aytgan sözlari bunday bayonotlarga sabab bölgan. Rossiya tomoni bu sözlarni tahdid sifatida baholagan.
Zelenskiy, öz navbatida, Moskvadagi paradning qisqartirilgan şaklda – harbiy texnikalarsiz ötkazilişi Rossiya rasmiylarining ehtimoliy dron hujumlaridan qörqayotganidan dalolat berişini takidlagan.