USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qonli reys: FlyDubai samolyotida nimalar böldi?

653 марта
Қонли рейс: FlyDubai самолётида нималар бўлди?

Avvalroq, FlyDubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan samolyoti Saudiya Arabistonida favqulodda qönişni amalga oşirgani haqida xabar berilgan edi. Malum bölişiça, uçuvçilardan biri samolyotni qulatişga uringan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, parvoz boşlanganidan bir yarim soat ötib, samolyot 7700 kodini (umumiy xavf-xatar) uzatdi, keyinçalik u 7500 kodiga (samolyotni olib qoçiş yoki egallab oliş) özgardi. Bir vaqtning özida samolyot yönalişdan oğib, keskin pasaya boşladi: u bir daqiqadan kamroq vaqt içida balandlikning yarmini yöqotdi. Isroillik harbiylar terakt sodir bölayotgan bölişi mumkinligini taxmin qilib, qiruvçi samolyotlarni havoga kötardi. Biroq yakunda samolyot aloqaga qaytdi va Saudiya Arabistonining Tabuk aeroportiga eson-omon qöndi.

“Reuters”ga isroillik anonim mulozimning malum qilişiça, uçuvçilar örtasida muştalaşuv yuz bergan. “i24News” telekanaliga Miryam ismli yölovçi ayolning sözlab berişiça, avvaliga uçuvçilar kabinasidan baqir-çaqir eşitilgan, söng kabina eşigi oçilib ketgan va yölovçilar juda köp qonni körgan. Uning sözlariga köra, uçuvçi piçoq bilan jarohatlangan. Unga yölovçilar orasida bölgan ikki nafar isroillik – şifokor va tibbiyot hamşirasi birinçi yordam körsatgan. Şuningdek, yölovçilar orasida boşqa uçuvçilar ham bor bölib, ular samolyot boşqaruvini öz qöllariga olişga va uni Tabukda qöndirişga muvaffaq bölgan.

Uçuvçilardan biri samolyotni halokatga uçratmoqçi bölgani haqidagi versiya tekşirilmoqda. Ikkinçi uçuvçi havo kemasi kapitaniga piçoq bilan bir neça bor zarba bergan. Taxmin qilinişiça, u boşqaruvni egallab olmoqçi bölgan va bortdagi barça odamlar bilan birga samolyotni qulatmoqçi bölgan. Bu öz-özini öldirişga urinişmi yoki teraktmi – hozirça aniq emas. 

“Bir neçta yölovçi va ekipaj azolari uçuvçilar kabinasiga bostirib kirib, uni töxtatib qolgan”, deb xabar berdi isroillik jurnalist Amit Segal. 

U FlyDubai reysidan olingan, futbolkasi qonga belangan erkakning fotosuratini elon qildi.

Dastlab uçuvçilar Rossiya va Ukraina fuqarolari ekani xabar qilingan. Rossiya propagandasi esa bu malumotdan foydalanişni boşlab yuborgan (“Ikkinçi uçuvçi ukrainalik rossiyalik kapitanga bir neça bor piçoq jarohati yetkazdi”, deb yozdi Vladimir Solovev Telegram-kanalida), ammo bu xabar öz tasdiğini topmadi. Isroilning “Ynet” va “Walla” naşrlarining oxirgi malumotlariga köra, kapitan BAA fuqarosi, uni jarohatlagan va samolyotni qulatmoqçi bölgan ikkinçi uçuvçi esa Ummon fuqarosi bölgan. Hozirda u söroq qilinmoqda.

Samolyot bortida 174 nafar yölovçi, jumladan 27 nafar bola bölgan. Ularning aksariyati – 150 ga yaqin kişi Isroil fuqarolari. Yölovçilar jarohat olmagan, ammo juda qattiq qörqib ketgan: tarmoqda parvoz paytida olingani aytilayotgan va baqir-çaqirlar eşitilib turgan video paydo böldi. 

“Walla” naşrining yozişiça, parvozni öz iş jadvali doirasida uşbu reysda Tel-Avivga uçayotgan FlyDubai’ning boşqa uçuvçilari yakunlab qöygan. Tabukka qönganidan söng FlyDubai yölovçilarni baribir Tel-Avivga yetkazib qöyiş uçun zaxira bortini yuborgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: