USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

5-örin, önlab medallar va tantana: Sportçilar qanday kutib olindi?

116 марта
5-ўрин, ўнлаб медаллар ва тантана: Спортчилар қандай кутиб олинди?

Joriy yilning 5 oktyabr tongida Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilgan 20-Osiyo öyinlarida iştirok etgan sportçilarimiz yurtimizga qaytib kelişdi. Osiyoda medal jamğariş böyiça kuçli beşlikdan örin olgan sportçilarimizni şaxsan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning delegatsiyasi kutib oldi.

396 nafar sportçimiz uçun maxsus qizil yölak taşkil etildi. Şundan söng, bayramning rasmiy qismida Boş vazir Abdulla Aripov Prezidentning sportçilarimizga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Rasmiy jarayonlar yakunlangaç, özi 10 soatga yaqin davom etgan parvozda çarçagan sportçilarimizni biz ham tinç qöymadik va ulardan ayrimlari bilan qisqa suhbatlar ötkazdik.

Muxbir: Şohsupaga çiqib, Özbekiston madhiyasi siz sabab yangrayotganda içingizdan nimalar ötdi?

“Assalomu alaykum. Şohsupaga çiqib, Özbekiston madhiyasi yangraşi – har bir sportçining eng katta maqsadlaridan biri. Çunki har bir sportçi çempion bölişni orzu qilib, sportga kirib keladi.Bu tuyğuni söz bilan tariflaş juda qiyin. Çunki şohsupada birinçi örinda turganingizda, ortingizda yurtimiz, xalqimiz, avvalo, muhtaram Prezidentimiz, bayroğimiz turadi. Bu juda katta şaraf va ğurur. Hayajon bilan birga qalbingizni qandaydir xotirjamlik ham egallaydi”, deydi boks böyiça 20-Osiyo öyinlari çempioni Törabek Habibullayev.

Aralaş jang sanati (MMA) yönalişida kumuş medalni qölga kiritgan sportçimiz Hilola Sobirova ham öz hissiyotlari bilan örtoqlaşdi.

“Bizning sport turimiz Osiyo öyinlarida ilk bor iştirok etdi. Medal taqilayotganda, ayniqsa, birinçi örin bölsa, bu alohida baxt. Lekin şu medalni olişga ham ança mehnatim singdi. Allohga şukur.Öşa paytda şunça qilgan mehnatlaringiz, oğir maşğulotlaringiz, qilgan duolaringiz, ortingizda turgan ota-onangiz, xalqimiz va Vatanimiz, şuningdek, ustozlarimizning mehnatlari köz oldimizga keladi. Ana şunda qilgan mehnatingizni oqlaganingizni his qilib, özingizdan-özingiz faxrlanib, şukr etasiz. Vatanimiz bayroğini boşqa davlatlarda, şunça mamlakatlar içida köklarga kötarganingizdan özingizdan faxrlaniş hissi keladi”, deydi u.

Boks böyiça ikki karra Osiyo öyinlari çempioni Abdumalik Halokov ham öz hissiyotlari bilan örtoqlaşdi.

“Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan şaroitlarga munosib javob berganimdan faxrlanaman va ğururlanaman. Madhiyamiz yangraganda buni yanada çuqurroq his qilasiz. Delegatsiyamizga oltin medal qöşiş – men uçun katta baxt va şaraf.Bu bilan töxtab qolmaymiz. Hozir ikki karra Osiyo öyinlari çempioni bölgan bölsak, bundan keyin ham yangi ğalabalar sari intilamiz. Xudo xohlasa, Olimpiada öyinlarida ham ikki karra Olimpiada çempioni bölib, xalqimizni, Prezidentimizni xursand qilişga harakat qilamiz.

Muxbir: Eng katta motivatsiyani kimlar berib turdi?

Eng katta motivatsiyani, albatta, ota-ona va oila beradi. Men uçun eng katta kuç va rağbat ham şular”, deydi boks böyiça ikki karra Osiyo öyinlari çempioni Abdumalik Halokov.

Özbekiston terma jamoasi bu galgi Osiyo öyinlarida 400 ga yaqin sportçi bilan 42 ta sport yönalişida qatnaşdi va 21 ta oltin, 25 ta kumuş va 24 ta bronza medallarini qölga kiritib, umumiy 70 ta medalga ega çiqişdi. Bu esa terma jamoamizni medallar jamğariş böyiça 45 ta davlat içida kuçli beştalikda musobaqani yakunlaşiga yetarli böldi.

Umid Sulaymonov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: