Yana bir oltin! Akbar Jörayev jahon rekordini örnatdi
Özbekiston sportçilar delegatsiyasi vakili oğir atletikaçi Akbar Jörayev Aiçi-Nagoya-2026 Osiyo öyinlarida dast kötariş maşqida jahon rekordini örnatdi va musobaqaning oltin medalini qölga kiritdi.
Bugun, 29 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilayotgan XX Osiyo öyinlarining 10-kun dasturlari ötkazilmoqda. Unda oğir atletikaning dast kötariş yönalişida iştirok etayotgan özbekistonlik vakil Akbar Jörayev 197 kilogramm oğirlikdagi ştangani kötarib, mutlaq jahon rekordini qayd etdi.
Şundan söng Jörayev siltab kötariş maşqida bahs olib bordi. Oğir atletikaçi bu yönalişda ham 226 kilogrammlik natija bilan Osiyo rekordini ham yangiladi va Aiçi-Nagoya-2026 Osiyo öyinlarida oltin medalni naqd qildi.
110 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan sportçi ikki maşq yakuniga köra 423 kilogramm natija bilan mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi.
Şu tariqa Özbekiston vakillari Osiyo öyinlaridagi 13-oltin medalga egalikni rasmiylaştirdi.
Eslatib ötamiz, keça, 28 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarining kuraş bahslarida özbekistonlik kuraşçilar ikkita ta oltin va bitta bronza medalni qölga kiritgandi.