USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

TIV Isroil-Eron uruşi yuzasidan özbekistonliklarga murojaat qildi

211 марта

TIV Isroil-Eron uruşi yuzasidan özbekistonliklarga murojaat qildi

Taşqi işlar vazirligi Isroil va Eron örtasidagi qurolli töqnaşuvlarda Özbekiston fuqarolarini tinçlikparvarlik, bağrikenglik va masuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlaşga çaqirdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi murojaat bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, sönggi kunlarda Yaqin Şarq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron örtasidagi keskinlik yanada kuçayib, qurolli töqnaşuvlarga aylangan. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uyğotmoqda.
Mojaroning avj olişi butun mintaqa barqarorligi va tinçligiga tahdid solayotgani şubhasiz. Bu jarayonlar, avvalo, oddiy fuqarolar – tinç aholi, ayniqsa bolalar va ayollar uçun oğir oqibatlarga olib kelmoqda.
Özbekiston Respublikasi uruşni muammolarni hal etiş vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvçi holat sifatida baholaydi. Uruşda ğolib bölmaydi. Eng katta yöqotişni doim oddiy insonlar tortgan va bugun ham şunday bölmoqda.

“Özbekiston har doim tinçlikparvar siyosat yuritib kelgan va şunday davom etadi. Mamlakatimiz barça davlatlar bilan döstona va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda. Şu munosabat bilan, Özbekiston fuqarolarini tinçlikparvarlik, bağrikenglik va masuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlaşga çaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boşqa şaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat tarğibiga qarşi turiş barçamizning umumiy burçimizdir”, deyiladi murojaatda.

TIV, şuningdek, fuqarolarni turli provokatsiya va haqoratomuz çaqiriqlarga uçmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolişga davat etişini bildirgan.

“Jamiyatimizda milliy va diniy totuvlikni saqlaş – umumiy barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati ekanligini eslatamiz. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi barça mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinç yöl bilan hal etilişi tarafdori ekanini yana bir bor takidlaydi. Tinçlik va özaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz taşqi siyosatining ustuvor yönalişi bölib qoladi”, deyiladi murojaatda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: