USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nukusda öqituvçilardan pora olgan mansabdorlar uşlandi

178 марта

Nukusda öqituvçilardan pora olgan mansabdorlar uşlandi

Nukus şahridagi umumtalim maktabi öqituvçisi mazkur maktab direktori örinbosarining topşiriğiga asosan, kasbiy sertifikat oliş böyiça sinovlaridan ötkazib beriş evaziga Çimboy tumanida işlovçi hamkasbidan 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, direktor örinbosari 100 nafardan ortiq öqituvçilarni davlat attestatsiyasidan ötkazib beriş evaziga har biridan 1000-1500 AQŞ dollari miqdorida pul olib, bu haqida özining şaxsiy bloknotlari va qoğozlarda aks ettirib kelganligi malum bölgan.

Şuningdek, uşbu noqonuniy işga Qoraqalpoğiston Respublikasi maktabgaça va maktab talimi vazirligining Pedagoglarni bilim va malakasini baholaşni taşkil etiş şöbasi boş metodisti ham aloqadorligi aniqlanib, u öqituvçilardan davlat attestatsiyasidan ötkazişga yordam beriş evaziga yiğilgan 10450 AQŞ dollarini ixtiyoriy ravişda topşirgan. 

Şu bilan birga, öqituvçilarni şaxsiy körikdan ötkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirişlariga şaroit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham öz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondaşganligi malum böldi. 

Aniqlanişiça, ular pora tariqasida olingan pullarni özaro taqsimlaşgan. 
Bildirilişiça, holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: