USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi bayonotga javob qaytardi

88 марта

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi bayonotga javob qaytardi


Avvalroq, Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon ōzining rasmiy sahifasida bayonot berib, “Iman Invest” kompaniyasidagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan bağliq masalalarni oçiqlağan edi. Uning aytişiça, kompaniyaning 70 million dollarlik portfelida 20 million dollarlik kamomad bor.


IMAN Holding uşbu talqinga qōşilmasligini bildirib, keltirilgan summa uçta alohida moliyaviy kōrsatkiçni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notōğri ekanini ma’lum qildi.


Kompaniya mazkur kōrsatkiçlarni izohladi


Birinçisi, 3,5 million dollar – muammoli qarzlar bōyiça zaxiralar bilan qoplanmağan risk. 1 oktyabr holatiga bunday qarzlarning portfeldagi uluşi 6,5 foizni taşkil etgan. 31,91 milliard sōmlik zaxiralar hisobga olinganda esa bu kōrsatkiç 3,5 foizga tuşgan.

Ikkinçisi, 2,97 million dollar – boşqaruv kompaniyasining investitsiya fondi oldidagi qarzi. Kompaniya izohiga kōra, bu qarz boşqaruv taşkilotining joriy xarajatlarini fond mablağlari hisobidan moliyalaştirış oqibatida yuzaga kelgan. Uşbu amaliyotlar avval amal qilgan oferta şartlariga muvofiq bajarilgan. Jumladan, 2025 yil 28 yanvardagi oferta IFSB tomonidan tasdiqlangan. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, bu amaliyot iyul oyida tōxtatilgan va mablağlarni noyabr oyidan boşlab olti oy içida qaytariş rejalaştirilgan.


Uçinçisi – 140,75 milliard sōm miqdoridagi ortiqça kapital. Murojaatda barça investorlar mablağlarini qaytarib olişga ariza bergan taqdirda, ularga pulni tōliq qaytariş imkoniyati yōqligi aytilgan edi. IMAN ma’lumotlariga kōra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga nasiya savdo portfeli 1 trln 105 mlrd 777 mln sōmni, investorlar portfeli esa 965,02 milliard sōmni taşkil etgan. Kompaniya bu raqamlar moliyaviy tafovut mavjud emasligini kōrsatişini bildirgan.


Hozirça tomonlar bildirgan fikrlarni tasdiqlovçi mustaqil xulosa mavjud emas.


Avtomobillar xaridi bōyiça ham izoh berildi


Murojaatda fond bilan bağliq mablağlar hisobidan xarid qilingan ikkita avtomobil masalasiga ham e’tiroz bildirilgan. 2026 yil aprel oyida kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov uçun taxminan 128 ming dollarga Mercedes-Benz C500 avtomobili xarid qilingan. Kompaniya ma’lumotiga kōra, avtomobil fond foydasiga ijaraga beriş maqsadida olingan va unga bozor stavkasida ijara haqi belgilangan. Keyingi tekşiruvda uşbu bitim islomiy moliyalaştirış tamoyillariga mos kelmasligi tan olingan.


IMAN ma’lum qilişiça, 12 avgust kuni avtomobil sotilgan, uning qiymati va ijara tōlovlari tōliq qaytarilgan.

Şu bilan birga, 2023 yilda bōlib tōlaş şarti bilan xarid qilingan BYD Çampion avtomobili bōyiça qarzdorlik 31 iyul kuni Rustam Rahmatov tomonidan muddatidan oldin tōliq qoplangan. Tōlangan summa 366,9 million sōmdan oşgan.

Kompaniyaning qayd etilişiça, bildirilgan e’tirozlarning asosiy qismi aniqlangan zahoti hal qilingan, ayrim masalalar esa hozirda bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan IMAN Holding rahbariyati kompaniya faoliyatini isloh qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni ham ma’lum qilgan. Jumladan, kompaniyaning kundalik boşqaruvini yangi mutaxassislarga topşiriş va asosçi Rustam Rahmatovni kuzatuv kengaşiga ōtkaziş belgilangan.


Şuningdek, islomiy moliya qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş uçun uç nafar olimdan iborat Şariat kengaşini tuzış hamda moliyaviy şaffoflikni oşiriş maqsadida mustaqil auditorlarni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: