USD: 11,919 so'm ▲ EUR: 13,284 so'm ▲ RUB: 148 so'm ▲ GBP: 15,876 so'm ▲ CNY: 1,788 so'm ▲ KZT: 26 so'm ▼ TRY: 239 so'm ▲ AED: 3,245 so'm ▲ USD: 11,919 so'm ▲ EUR: 13,284 so'm ▲ RUB: 148 so'm ▲ GBP: 15,876 so'm ▲ CNY: 1,788 so'm ▲ KZT: 26 so'm ▼ TRY: 239 so'm ▲ AED: 3,245 so'm ▲

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

100 million söm maoş va 715 ming sömlik MIX: farovonlik nima bilan ölçanadi?

49 марта
100 million söm maoş va 715 ming sömlik MIX: farovonlik nima bilan ölçanadi?

«Zör TV» boşlovçisi Dilşod Mirzamurodovning oyiga 100 million söm maoş olişi haqidagi gaplari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölmoqda. Kimdir buni muvaffaqiyat timsoli deb bilsa, boşqalar savol bermoqda: bunday raqamlarni ommaga olib çiqişdan maqsad nima?

Avvalroq Içki işlar vazirining matbuot kotibi ham oyiga 24 million söm maoş olişini aytgan edi. Albatta, har kim işlab topgan puli özinikidir. Biroq bu kabi bayonotlar jamiyatda «hamma şunday yaşaydi» degan notöğri tasavvur uyğotişi mumkin.

Haqiqiy manzara esa boşqaça. Pensiyasi 1 million sömga yetmaydigan oddiy fuqarolar oz emas. Maoşi haligaça ming dollarga yetmagan öqituvçilar, şifokorlar va oddiy işçilar ham köp. Aholining katta qismi kunini kredit tölab, yangi kredit oliş bilan ötkazayotgani real vaziyatni yaqqol körsatib turibdi.

2026-yil uçun minimal iste'mol xarajatlari kişi boşiga oyiga 715 ming söm etib belgilangan. Kommunal tölovlar, oziq-ovqat va xizmatlar narxlari esa har yili oşib bormoqda.

Katta maoşlar haqida gapiriş farovonlik belgisi bölib körinişi mumkin. Ammo farovonlik artistlarning daromadi bilan ölçanmaydi. Üstiga-üstak, ularning töy va reklamalardan topadigan daromadlari hali hisobga ham olinmagan.

Jamoatçilik soliq organlari sentabrdan madaniyat xodimlarini soliqqa tortiş taşabbusi bilan çiqqanida soha vakillari qanday norozilik bildirganini hali unutgani yöq. Natijada ular soliqqa tortilmadi.

Agar oçiqlik haqida gap ketayotgan bölsa, u oxirigaça bölsin. Matbuot kotibi 24 million söm olsa, vazirning özi qança maoş oladi? Barça mansabdorlarning daromadlari va deklaratsiyalari ham xalqqa oçiq bölişi kerak emasmi? Mansabdorlar daromadini deklaratsiya qiliş haqidagi qonun nega haligaça paysalga solinmoqda?

Farovonlik bunday yuzaki, bir tomonlama va usti yaltiroq tarzda PR qilinmaydi. U oddiy öqituvçining maoşi, pensionerning daromadi va oilalarning kundalik xarajatlari bilan ölçanadi.

#maoş #farovonlik #MIX #oçiqlik #XorazmBugun

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: