USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲ USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ishtixonda Epica temir to'siqqa urildi. Haydovchi halok bo'ldi

9 марта
Иштихонда Epica темир тўсиққа урилди. Ҳайдовчи ҳалок бўлди

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Epica avtomobili temir to'siqqa urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Malum qilinishicha, yo'l-transport hodisasi kecha, 28 oktyabr kuni soat 21:00 larda tumanning “Qo'ng'irot” mahallasi hududidan o'tuvchi D-076 avtomobil yo'lining 80-kilometrida sodir bo'lgan.

Epica haydovchisi Ishtixon–Payshanba yo'nalishida harakatlanayotib, etiborsizlik oqibatida rul boshqaruvini yo'qotgan va yo'lning o'ng tomonidagi temir to'siqqa urilgan. Oqibatda haydovchi og'ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo'lgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB Tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida VAZ-2105 rusumli avtomobil daraxtga urilishi oqibatida 20 yoshli haydovchi vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: