USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qöqonda “gaşiş” sotayotgan ona va qiz uşlandi

20 марта
Қўқонда “гашиш” сотаётган она ва қиз ушланди

Özbekistonda sintetik giyohvandlik vositalari va boşqa narkotik moddalarni noqonuniy tarqatiş bilan şuğullangan jinoiy guruh azolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, IIV Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bölinmalari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida ötkazilgan tadbir davomida 2004 yilda tuğilgan, şahar issiqlik taminoti xodimi uşlangan. U transmilliy jinoiy uyuşmada omborçi vazifasini bajargan. Erkak “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida qölga tuşgan. U uşbu moddani Toşkent viloyati va Toşkent şahrida “zakladka” usulida tarqatişni rejalaştirgan.

Toşkent şahrining Çilonzor tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa 1984 yilda tuğilgan, avval Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş), 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş), 164-moddasi (Bosqinçilik), 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan şaxsning yaşaş xonadonidan “gaşiş” va “geroin” aniqlangan.

Suriştiruvlar davomida u giyohvandlik vositalarini 1985 yilda tuğilgan fuqarodan olgani malum bölgan. Şundan söng, Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Çinor” yöl-patrul xizmati maskanida uşbu fuqaro boşqaruvidagi Lacetti avtomobili töxtatib tekşirilgan. 

Avtomobilning motor qismiga yaşirilgan 250 gramm “gaşiş” topilgan. Tezkor tadbirlar davomida jinoiy guruhning boşqa azolari ham qölga olingan.

Farğona viloyatida esa 2000 yilda tuğilgan ikki nafar şaxs 47 million sömga “gaşiş” sotib olgani aniqlangan. Ularning yonidan giyohvandlik vositasi olib qöyilgan.

Uşlangan şaxslar gaşişni 1998 yilda tuğilgan ayol va uning 1966 yilda tuğilgan onasidan olganini bildirgan. Ona va qiz Qöqon şahrida 500 gramm “gaşiş” sotayotgan vaqtda qölga olingan. Tezkor tadbirlar natijasida jami 1 kilogramm gaşiş protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan jinoiy guruh azolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatida 2 kilogramm “gaşiş”ni 27 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan erkak qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: