USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda narkotik savdosi bilan şuğullangan yoşlar qölga tuşdi

26 марта
Тошкентда наркотик савдоси билан шуғулланган ёшлар қўлга тушди

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 52,8 ming dozaga teng giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

 

Malum qilinişiça, joriy yilning 21 oktyabr kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toşkent şahrining Uçtepa va Bektemir tumanlari, şuningdek, Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Tadbirlar davomida 2004 yilda tuğilgan uç nafar şaxs Tracker rusumli avtomobilda giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatayotgan vaqtida qölga olingan. Ular jinoiy guruhda omborçi va “zakladçik” vazifalarini bajargani aniqlangan.

Ularning yaşaş xonadonlari, yon-atrofi va ijaraga olgan dala hovlilari közdan keçirilganda, 500 gramm “marixuana”, 2 kilogrammdan ortiq mefedron, 1 ming dona zip-paket, tarozilar hamda giyohvandlik vositalarini qadoqlaş va tarqatişda foydalaniladigan boşqa buyumlar topilgan.

Şundan söng, guruhning qolgan azolarini aniqlaş va qölga oliş maqsadida tezkor tadbirlar Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida davom ettirilgan. Natijada oçiq dala maydoniga yaşirilgan sintetik giyohvandlik vositalarini oliş uçun kelgan şaxslar va ularning jinoiy şeriklari uşlangan. Ular orasida turli talim muassasalarida tahsil olayotgan yoşlar, şuningdek, 1999 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonçilik) va 169-moddasi (Öğrilik) bilan sudlangan şaxs hamda uning 2000, 2001 va 2007 yillarda tuğilgan şeriklari bor.

Tezkor suriştiruv davomida aniqlanişiça, ular bir neça oy davomida internetdagi narkodökonda jinoiy guruh rahbarlarining topşiriqlarini bajarib kelgan. Dastlab “zakladçik”, keyinçalik esa omborçi sifatida faoliyat yuritgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan uyuşgan jinoiy guruh azolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda sintetik giyohvandlik vositalari va boşqa narkotik moddalarni noqonuniy tarqatiş bilan şuğullangan jinoiy guruh azolari qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: