Eron yadro obektlaridagi ehtimoliy halokatning Özbekistonga tasiri bormi?
21-06-2025, 13:01
107 марта

Eron yadro obektlaridagi ehtimoliy halokatning Özbekistonga tasiri bormi?
Eron va Isroil örtasidagi keskinliklarning ortişi fonida kun tartibiga Eronning yadroviy obektlari, jumladan, uran kon zaxiralaridagi ehtimoliy halokatlarning Özbekistonga ham tasir böladimi, degan savol qöyilmoqda.Gidrometeorologik olim Erkin Abdulahatovning yozişiça, radioaktiv nurlaniş faollaşsa, buning Özbekistonga tasiri seziladi.
«Bordiyu radioaktiv nurlaniş faollaşsa, muayyan ob-havo şaroitlarida ana öşa hududlardagi radioaktiv nur bizning Özbekistonga kirib kelişi mumkin. Bu, Özbekistonga kirib keluvçi va rivojlanuvçi 15 sinoptik jarayonning 2-3 tasida röy beradi», – deb yozadi mutaxassis.
Abdulahatov bu jarayonlar yozgi termik depressiya va past bosimli kiçik gradiyentli atmosferasi sohasi jarayonlari ekanligini aytadi. Şuningdek, bu ikki jarayon yoz oylarida mintaqada hukumron jarayonlar ekani vajidan hozirgi şaroitda Eron hududlaridagi oqimlarni Markaziy Osiyo mintaqasiga tösiqlarsiz bemalol kirib kelişi ehtimolini oşirişini takidlaydi.