Xorijda iş topişda xizmat haqi olişga qöyilgan taqiq bekor qilinmoqda
21-06-2025, 13:03
238 марта
Xorijda iş topişda xizmat haqi olişga qöyilgan taqiq bekor qilinmoqdaQonun loyihasi bilan Özbekiston fuqarolarini çet elga işga joylaştiriş xizmatlari uçun tölovlarni iş beruvçidan yoki buyurtmaçidan undiriş tartibi bekor qilinmoqda. Endilikda, xorijda iş qidirayotgan fuqarolardan bu xizmatlar uçun haq oliş taqiqi olib taşlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida malum qilindi.
Şuningdek, Migratsiya agentligiga xususiy bandlik agentliklari qonunçilik talablarini buzgan taqdirda ularga nisbatan mamuriy çoralar köriş vakolati berilişi mumkin.
Xususiy bandlik agentliklariga xorijda işlaşni istagan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga örgatiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş hamda bu jarayonga xorijiy iş beruvçilarni jalb etiş huquqi berilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu agentliklar uçun litsenziya olişda zaxira qilinişi kerak bölgan mablağ miqdorini kamaytiriş ham taklif etilmoqda, deyiladi xabarda.