Özbekistonda jinsiy noaniqlik bilan tuğilganlar taqdiri qanday keçadi? Mutaxassis bilan suhbat
21-06-2025, 13:27
458 марта

Özbekistonda jinsiy noaniqlik bilan tuğilganlar taqdiri qanday keçadi? Mutaxassis bilan suhbat
Yaqinda Vazirlar Mahkamasining jinsini özgartirgan fuqarolar ism-familiyasini ham özgartirişi mumkinligi haqidagi qarori köplab muhokamalarga sabab böldi. Jamoatçilik buni jiddiy qabul qildi va ijtimoiy tarmoqlarda “jinsini özgartirişga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini özgartirsa, u familiya, ism va ota ismini ham özgartirişi mumkin...” mazmunidagi turliça talqinlar urçidi. Şundan söng, Adliya vazirligi holatga oydinlik kiritib, qarorga tuşuntiriş berdi.Qayd etilişiça, qonunçilikka muvofiq bolaning tuğilişini qayd etiş vaqtida uning jinsiga oid malumotlar tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tibbiy guvohnoma asosida yoziladi. Biroq har yili örtaça 5-6 nafar bola jinsi noaniq holatda tuğilişi uçrab turadi, bunda dastlabki tekşiruvlar bolaning jinsini “öğil” yoki “qiz” deb körsatsa-da, keyinçalik bola 5-10 yoş, ayrim holatlarda esa 10-16 yoşdan oşganda bolaning jinsi “öğil” emas, “qiz” ekani yoki aksinça “qiz” emas, “öğil” ekani aniqlanmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarorida esa aynan şunday holatlar nazarda tutilgani takidlandi.
QALAMPIR.UZ Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Bolalar urologiyasi bölimi mudiri Alişer Sultonovdan jinsiy noaniqlik nima ekani, Özbekistondagi vaziyat qanday ekani va yana bir qança savollarga javob oldi.

Iqbol Ergaşova, muxbir: — Tuğma jinsiy noaniqlik nima? Jinsiy azolarning şaklan boşqa, içki tuzilişi boşqaça bölişi holatlari haqida malumot bersangiz.
Alişer Sultonov, bolalar urologi: — Jinsiy rivojlanişning buzilişi (DSD) – bu jinsiy azolar (gonadlar, içki va taşqi jinsiy azolar) rivojlanişi odatdagi erkak yoki ayol turiga mos kelmaydigan tuğma patologiyalar guruhidir. Bu holatlar genetik, gormonal yoki embriologik kasalliklar bilan boğliq bölişi mumkin va jinsiy azolarning atipik tuzilişi, baloğatga keç yetişiş va bepuştlik şaklida namoyon bölişi mumkin.
Muxbir: — Jinsiy noaniqlik bilan tuğilgan bolalarda qanday urologik muolajalar közda tutiladi?
Şifokor: — Bu genetik testlar (karyotiplaş, NGS), ultratovuş va gormonal testlarni talab qiladi.
Birinçidan, siz genetik jinsni aniqlaşingiz kerak (karyotip, masalan, 46, XY yoki 46, XX) mos kelmasligi mumkin:
- Gonadalik jins (moyak yoki tuxumdonlarning rivojlanişi);
- Fenotipik jins (taşqi jinsiy azolarning tuzilişi);
- Psixologik jins (odamning özini özi identifikatsiya qilişi).

Muxbir: — Qaçon operatsion aralaşuv tavsiya etiladi va bu qaror qanday klinik mezonlarga asoslanadi?
Şifokor: — Davolaş jarrohlik tuzatiş, gormonal terapiya va psixologik yordamni öz içiga olişi mumkin. Bemorni optimal davolaş uçun genetiklar, endokrinologlar, jarrohlar va psixologlarni öz içiga olgan multidisipliner yondaşuvni talab qiladi. Bola öz jinsini tuşunişni boşlaşdan oldin operatsiya qiliş muhimdir.

Muxbir: — Dastlabki yillarda bola jinsi böyiça notöğri qarorlar qabul qilinsa, bu uning keyingi hayotiga qanday tasir qiladi?
Şifokor: — Bu depressiv va öz joniga qasd qiliş holatlariga olib keladi.
Muxbir: — Sönggi yillarda jinsiy noaniqlik taşxisi qöyilgan bolalar sonida oşiş kuzatilmoqda, degan gaplar yuradi. Siz amaliyotda bunday holatlarga qançalik tez-tez duç kelasiz?
Şifokor: — Bu yaxşilangan diagnostika va malumotlarga oson ega böliş bilan boğliq. Biz pediatriya markazimizda yiliga 2-3 ta holatni davolaymiz va operatsiya qilamiz.

Muxbir: — Özbekistonda şunday xastalik bilan tuğilgan bemorlar taqdiri qanday keçadi? Davolaş, operatsiya yoki hujjat işlarida muammolar kuzatilmaydimi?
Şifokor: — Afsuski, respublikamizda odamlar har doim ham öz vaqtida talim olişmaydi, balki xijolat bölganidan yaşirib qöyişadi. Odamlar faqat 16-18 yoşda murojaat qiladigan holatlar mavjud. Muvaffaqiyatli operatsiyalardan söng bemorning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi özgaradi. Ğiybat va oilaga psixologik tasir qilmaslik uçun yaşaş joyini özgartirişni taklif qilamiz.
Bu xastalik xalqaro tasnif böyiça - Noaniq jins va psevdohermafroditizm (Q56). Bundan taşqari, psevdohermafroditizm:
- adrenokortikal buzilişi bölgan ayol (E25.-)
- androgen qarşilikka ega erkak (E34.5)
- belgilangan xromosoma anomaliyalari bilan (Q96-Q99)