USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Samarqandda qöşni davlatdan 55 kg narkotik olib ötmoqçi bölganlar uşlandi

66 марта
Самарқандда қўшни давлатдан 55 кг наркотик олиб ўтмоқчи бўлганлар ушланди

Samarqand viloyatida qöşni respublikadan kontrabanda yöli bilan 55 kilogrammdan ortiq “gaşiş” va “opiy” olib ötmoqçi bölgan transmilliy jinoiy guruh azolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Içki işlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti va uning hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ikki nafar narkokurer Samarqand viloyatining Toyloq tumani hududidagi dala maydonida uşlangan. Ular Lacetti rusumli avtomaşinada kelib, belgilangan geolokatsiyada yaşirib ketilgan 41,2 kilogramm “opiy” va 14,55 kilogramm “gaşiş”ni olayotgan bölgan.

Tezkor suriştiruv davomida aniqlanişiça, uşbu şaxslar bir yildan buyon giyohvandlik vositalarini Özbekiston hududi böylab tarqatiş bilan şuğullanib kelgan. Ular narkotik moddalarni qöşni respublikada yaşovçi rahnamolarining topşiriğiga asosan, körsatilgan şaxslarga taqsimlab, hududlarga tarqatişi kerak bölgan.

Natijada jami 235 ming dozaga teng jami 55,75 kilogramm “opiy” va “gaşiş”ning aholi orasida tarqalişiga çek qöyilgan.

Mazkur holat yuzasidan qölga olingan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş ) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda sintetik giyohvandlik vositalari va boşqa narkotik moddalarni noqonuniy tarqatiş bilan şuğullangan jinoiy guruh azolari qölga olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: