Tadbirkorlar uçun yengillik: 1-noyabrdan elektr va gaz uçun atigi 15 foiz oldindan tölanadi
2-11-2026, 08:51
91 марта
Tadbirkorlar uçun yengillik: 1-noyabrdan elektr va gaz uçun atigi 15 foiz oldindan tölanadi1-noyabrdan boşlab tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun oylik iste'mol qiymatining 100 foizini emas, atigi 15 foizini oldindan tölaydi. Yangi tartib Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF–175-son Farmoniga muvofiq joriy etilmoqda.
Kimlarga tegişli?
Imtiyoz EHNAT va TGNHAT tizimlariga ulangan hamda masofadan öçiriş va yoqiş imkoniyatiga ega hisoblagiçlari bor tadbirkorlarga tatbiq etiladi. Biroq oxirgi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmagan subyektlar bu tartibdan foydalana olmaydi.
Qolgan summa qanday tölanadi?
Oldindan tölanadigan 15 foizdan taşqari qolgan mablağ oy davomida qismlarga bölib tölanişi mumkin. Bu tadbirkorlarga aylanma mablağini bir vaqtning özida katta summaga band qilmaslik imkonini beradi.
Hisobot va qoğozbozlik kamayadi
Mazkur tadbirkorlar endi elektr energiyasi va gaz sarfi böyiça ta'minot korxonalariga yozma hisobot topşirmaydi. Elektr va gaz ta'minoti şartnomalari esa elektron şaklda tuziladi — ularni qoğozda rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.
"Namunali iste'molçi" maqomi
Eslatib ötamiz, Prezidentning 2026-yil 22-sentyabrdagi PF–202-son Farmoni bilan elektr energiyasi va tabiiy gazdan intizomli foydalanib kelayotgan tadbirkorlar uçun "namunali iste'molçi" maqomi joriy etilgan edi.
Yangi tartib tadbirkorlarning aylanma mablağlaridan samarali foydalaniş, ortiqça ma'muriy jarayonlarni qisqartiriş va biznes yuritişni yanada qulaylaştirişga qaratilgan.
#XorazmBugun #tadbirkorlik #elektrenergiyasi #tabiiygaz #yangitartib