Tailand özbekistonliklar uçun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin
Сегодня, 11:22
22 марта
Tailand özbekistonliklar uçun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkinTailand hukumati Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qilmoqda. Bu haqda «The Nation» naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, tegişli taklif joriy yilning 9 noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqiş uçun taqdim etiladi. Taşabbus xorijlik sayyohlar uçun viza rasmiylaştiriş jarayonidagi keçikişlarni bartaraf etiş hamda uzoq masofadan keluvçi turistlar oqimini oşirişga qaratilgan.
Ma'lumotlarga köra, viza olişdagi muammolar, ayniqsa, Lotin Amerikasi davlatlaridan kelayotgan sayyohlarga qiyinçilik tuğdirmoqda. Masalan, Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm idorasiga Meksikadan uçayotgan yölovçilarning vizalari öz vaqtida rasmiylaştirilmagani sababli ular reyslarga çiqa olmayotgani yuzasidan şikoyat qilgan. Har bir reysda 20–30 nafar yölovçi safarga çiqa olmagani qayd etilgan.
Vazirlik rahbari Surasak Pxançaroenvorakul taklif etilayotgan tartib xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan baholanişini bildirgan. Uning ta'kidlaşiça, xavfsizlik nuqtai nazaridan past xatarli deb topilgan davlatlar fuqarolari uçun vizasiz kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.
Agar taklif ma'qullansa, özbekistonlik sayyohlar Tailandga oldindan viza rasmiylaştirmasdan 15 kungaça borib kelişi mumkin böladi.