USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Migrantlarga Rossiyaga kirishi uchun yangi talab qo‘yiladi

564 марта
Migrantlarga Rossiyaga kirishi uchun yangi talab qo‘yiladi

Joriy yilning 30 iyun kunidan boshlab Rossiya bilan vizasiz rejimda bo‘lgan mamlakat fuqarolari Rossiyaga kirishidan oldin elektron ariza qoldirishi shart va buni amalga oshirmaganlar mamlakat hududiga kirolmaydi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk xabar berdi. 
Ma’lum qilinishicha, 30 iyun kuni Rossiyaga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi va chiqishi tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eksperimentning ikkinchi bosqichi boshlanadi. 


Bu eksperiment Rossiya hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi 1510-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.  
Ushbu sanadan boshlab, vizasiz tartibda Rossiyaga kirish uchun xorijiy fuqarolar (shu jumladan voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslarning qonuniy vakillari) sayohat rejasidan kamida 72 soat oldin Rossiyaga kirish haqida elektron ariza to‘ldirishlari shart bo‘ladi.

Agar kirish uchun zudlik bilan zarurat mavjud bo‘lsa (masalan, shoshilinch davolanish zarurati, yaqin qarindoshning og‘ir kasalligi yoki o‘limi), ariza safardan kamida 4 soat oldin topshirilishi mumkin.
Elektron arizani faqat xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan “RuID” mobil ilovasi orqali to‘ldirish mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu chora migrasion oqimlar ustidan nazoratni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.
Shu bilan birga, xorijliklar uchun yaratiladigan raqamli profil davlat xizmatlarini, jumladan migratsiya yo‘nalishidagi xizmatlarni olish tartibini soddalashtiradi hamda oldindan Rossiyaga kirishga qo‘yilgan ehtimoliy cheklovlar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, mobil ilovada foydalanuvchining Rossiya chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham elektron shaklda aks etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: