USD: 11,934 so'm EUR: 13,592 so'm RUB: 153 so'm GBP: 15,809 so'm CNY: 1,756 so'm KZT: 25 so'm TRY: 256 so'm AED: 3,249 so'm USD: 11,934 so'm EUR: 13,592 so'm RUB: 153 so'm GBP: 15,809 so'm CNY: 1,756 so'm KZT: 25 so'm TRY: 256 so'm AED: 3,249 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berish hajmini oshirdi – “Bloomberg”

82 марта
Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berish hajmini oshirdi – “Bloomberg”


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy Kiyev va boshqa Yevropa davlatlariga uchuvchisiz uchoqlar sotishni to‘xtatganini, ammo Rossiyaga yetkazib berishda davom etganini aytdi. Bu haqda kecha, 29 may kuni “Bloomberg” xabar berdi.

“Xitoyning Mavic (mashhur fuqarolik droni, odatda aerofotosuratga olishda foydalaniladi, u portlovchi moddalarni tashishga moslashtiriladi) droni ruslar uchun ochiq, lekin ukrainaliklar uchun yopiq. Rossiya hududida Xitoy vakillari joylashgan ishlab chiqarish liniyalari mavjud”, degan Zelenskiy ikki kun avval bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Nomi oshkor etilmagan yevropalik rasmiyga ko‘ra, Ukraina Prezidentining so‘zlari Yevropa Ittifoqining o‘z baholariga mos keladi. Agentlik manbasining ta’kidlashicha, Xitoy, ehtimol, Gʻarb xaridorlariga dron komponentlarini (masalan, dron dvigatellarida ishlatiladigan magnitlar) yetkazib berishni qisqartirgan, shu bilan birga Rossiyaga yetkazib berishni ko‘paytirgan.

O‘z navbatida, Pekin urushayotgan tomonlardan biriga qurol yetkazib berishni muntazam ravishda rad etadi va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama mahsulotlar eksportini nazorat qilishini da’vo qiladi.

“Xitoyning Ukraina bo‘yicha pozisiyasi izchil va aniq bo‘ldi: biz urushni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini ilgari surish tarafdorimiz”, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligining bayonotidi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: