USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Şoşilinç xabar!” Özbekistonda nosoz isitiş qozoni sabab 18 kişi vafot etdi

527 марта
“Шошилинч хабар!” Ўзбекистонда носоз иситиш қозони сабаб 18 киши вафот этди

Özbekistonda 18 kişi Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositasining nosozligi oqibatida vafot etdi. Uşbu isitiş qozonlari Özbekistonga noqonuniy olib kelingani malum böldi. Bu haqda Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 25 oktyabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oiladan 7 nafar, şu kunning özida Toşkent şahrida 6 nafar, 1 noyabr kuni Qöqon şahrida 5 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ularning ölimiga Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan va aslida utilizatsiyaga topşirilgan Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositasi sabab bölgan.

FVBga köra, yuqorida nomi keltirilgan isitiş qozonlari xizmat vazifasini ötab bölgan, yani ular Germaniyada işlatilib, utilizatsiyaga topşirilgan foydalanişga yaroqsiz eski uskunalar hisoblanadi. Biroq ular ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan Özbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan va qölbola uslubda qayta jihozlanib, göyoki xarid uçun yangi holatga keltirilgan va fuqarolarga aldov yöli bilan sotilgan.

Bundan taşqari, Vaillant rusumidagi ikki konturli isitiş vositasi Germaniyadan uning ajralmas qismi bölgan haqiqiy dudburonsiz olib kirilgan. Şuningdek, ularning örniga işlaş jarayoniga mutlaqo mos kelmaydigan, yuqori harorat tasirida qattiqlik xususiyatini yöqotib, örnatilgan qobiğidan çiqib ketib, insonlar hayoti uçun öta xavfli hisoblangan kanalizatsiya polietilen quvurlari örnatilgan.

Isitiş vositalarining havo tortiş uçun möljallangan quvurlari özboşimçalik bilan har xil matolar bilan berkitilib yoki tösib qöyilişi oqibatida tabiiy gaz çala yongan va is gazi ajralib çiqib, uning foiz meyori ortib ketgan.  

Şu sababli xonadonlarga texnika xavfsizligi va meyor talablariga öta zid ravişda örnatilgan Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositalari insonlar hayotiga zomin bölmoqda.

“Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qatiyan ogohlantiradi. Hurmatli fuqarolar, öz hayotingizga befarq bölmang. Biz sanab ötgan kamçiliklarga yöl qöygan bölsangiz, demak sizning ham xonadoningiz xavf ostida. Hoziroq, aslo keçikmasdan mutaxassislarga murojaat qiling. Özingiz va oilangiz xavfsizligini taminlang.

Foydalanişga yaroqsiz, eski moslama hisoblangan Germaniyaning Vaillant rusumidagi ikki konturli isitiş vositasini aslo xonadoningizga örnatmang. Boşqa isitiş vositalarini ham albatta mutaxassis iştirokida sifat sertifikati, işlatiş yöriqnomasi, xavfsizlik qoidalari va foydalanişga yaroqliligini jiddiy tekşirib oling. Xonadoningizda, öz hayotingizga özingiz masul ekanligingizni aslo unutmang”, deyiladi xabarda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgani, yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: