Özbekistonliklardan Isroil va Eronga borişdan tiyiliş söraldi
22-06-2025, 15:20
181 марта

Özbekistonliklardan Isroil va Eronga borişdan tiyiliş söraldi
Eron va Isroil örtasidagi ziddiyat tobora avj olib borayotgani ortidan Özbekiston fuqarolaridan uşbu ikki mamlakatga borişdan tiyiliş söraldi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov Telegram sahifasida yozdi.“Yaqin Şarqdagi vaziyatning şiddat bilan keskinlaşayotgani bizda çuqur xavotir uyğotmoqda. Özbekiston doimo mintaqadagi barça tomonlarni özaro muzokaralar orqali tinçlik yölida harakat qilişga çaqirib kelgan”, deya yozadi u.Şu munosabat bilan, Özbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilişdan tiyiliş, uşbu mamlakatlarda bölgan fuqarolardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga çiqib ketiş söralgan.
“Xavfsizlikni taminlaş maqsadida zarur çoralar körilmoqda, fuqarolarimizdan huşyorlikni saqlaşni va rasmiy elonlarni kuzatib borişni iltimos qilamiz”, deydi TIV sözlovçisi.