USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Samarqandda maktab direktori $400 pora bilan uşlandi

58 марта
Самарқандда мактаб директори $400 пора билан ушланди

Samarqand şahridagi umumiy örta talim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga kiritiş evaziga 400 dollar olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Samarqand şahar bölimi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda maktab direktori N.A. fuqaro Q.M. ni öqituvçi lavozimiga işga qabul qilişni vada qilib, undan 400 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Yangi Namangan tumani bölimi boşliği va ustasi 2,5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtda uşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: