USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1000 dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi

119 марта
1000 доллар қарз бериб, 10 минг долларлик тилхат ёздирган шахс ушланди

Toşkent viloyatida fuqarolarga qarzga pul berib, ulardan berilgan mablağdan 10 baravar köp summa körsatilgan tilxat yozdirib olgan şaxs uşlandi. Uşbu tilxatlar orqali qarzdorlardan ortiqça pul undirişga erişgan şaxsdan jabr körgan 65 nafar fuqaro murojaat qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

 

Malum qilinişiça, Kim Pavel fuqarolarga qarzga pul berib, evaziga berilgan mablağdan 10 baravar köp summa körsatilgan tilxat yozdirib olgan. Masalan, u bir fuqaroga 1000 AQŞ dollari qarz bergan, biroq undan 10 ming dollar olgani haqida tilxat yozdirgan.

Oradan biroz vaqt ötgaç, Kim Pavel uşbu tilxat asosida fuqarolik sudiga murojaat qilgan va qarzni undiriş böyiça sud qarori çiqarilişiga erişgan. Natijada jabrlanuvçilarning har oylik iş haqidan pul uşlab qolingan. Bu orqali fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan hozirga qadar undan jabr körgan 65 nafar fuqaroning arizasi qabul qilingan.

Jinoyat işi doirasida Kim Pavelga tegişli yaşaş xonadon va iş ofisi közdan keçirilgan. Natijada fuqarolarga tegişli 100 ga yaqin tilxat, 55 ta uy-joyning kadastr hujjati, 37 ta talabnoma hamda Majburiy ijro byurosining qariyb 50 nafar fuqarodan pul undirişga oid hujjatlari aniqlangan. Şuningdek, 51 ta kvitantsiya ham topilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Kim Pavelga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 188-moddasi (Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati) 1-qismi hamda 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş) 2-qismi “a” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida 20 dan ortiq qoramolni öğirlab, bozorlarda sotgan uç kişi qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: