Qönğirotda hamşiralikka işga joylaştirişni vada qilib, 5 ming dollar söragan şaxs uşlandi
Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida fuqaroni lokomotiv deposiga işga joylaştirib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlandi. U söralgan pulning 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Içki işlar vazirligi Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni taminlaş departamenti masul xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida mansabdor tanişlari orqali işga joylaştirib qöyişni vada qilib, pul mablağlari talab qiliş holati yuzasidan tezkor malumot olingan.
Xususan, Qönğirot tumanida yaşovçi fuqaro murojaatida lokomotiv deposidagi böş hamşira lavozimiga işga kiriş uçun yordam söraganini bildirgan. Uning aytişiça, temir yöl tizimida işlovçi şaxs yuqori lavozimdagi tanişlari orqali uni işga joylaştirib qöyişni vada qilib, buning evaziga 5 ming dollar talab qilgan. Şuningdek, pulning 2,5 ming dollarini oldindan berişni söragan.
Tezkor tadbir davomida 2002 yilda tuğilgan uşbu şaxs kelişilgan pulning 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtida uşlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahridagi umumiy örta talim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga kiritiş evaziga 400 dollar olgan vaqtida uşlangandi.