USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xalqaro qidiruvdagi özbekistonlik ayol Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi

53 марта
Халқаро қидирувдаги ўзбекистонлик аёл Грузиядан Қозоғистонга экстрадиция қилинди

Özbekiston fuqarosi Qozoğistonda fohişalik va jinsiy xizmatlar körsatuvçi şaxslarning anketalarini internetda reklama qiliş bilan boğliq jinoiy guruh faoliyatida gumonlanmoqda. U Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, ayol transmilliy uyuşgan jinoiy guruh tarkibida faoliyat yuritgan. Tergov malumotlariga köra, u guruhning boşqa azolari bilan birgalikda Kyzdar.net internet saytida joylaştirilgan anketalarni töldiriş va ularni reklama qiliş uçun fohişalik hamda boşqa jinsiy xizmatlar bilan şuğullanuvçi şaxslardan buyurtmalar qabul qilgan.

Guruh azolari tuşgan mablağlardan komissiya haqini uşlab qolib, qolgan qismini sayt taşkilotçilariga ötkazib turgan. Şu orqali noqonuniy vositaçilik faoliyatining uzluksiz işlaşini taminlagan.

Qayd etilişiça, jinoiy guruhning ayrim azolari allaqaçon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Gumonlanuvçi hamda guruhning boşqa ayrim azolari esa tergovdan yaşiringani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.

Özbekiston fuqarosi joriy yilning iyul oyida Gruziyada qölga olingan. Qozoğiston Boş prokuraturasi söroviga binoan u Qozoğistonga ekstraditsiya qilingan va hozirda tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.

Unga qöyilayotgan ayblovlar böyiça 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş hamda mol-mulkini musodara etiş jazosi nazarda tutilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Mersin viloyatida giyohvandlikka qarşi kuraş doirasida ötkazilgan tadbirda Özbekiston tomonidan giyohvandlik jinoyati uçun xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan Odil Xudoyberdiyev qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: