USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

APK-fayllardan foydalanib, minglab fuqarolarni çuv tuşirganlar uşlandi

169 марта
APK-файллардан фойдаланиб, минглаб фуқароларни чув туширганлар ушланди

Toşkentda Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllari va fişing havolalarini yuborib, ularning şaxsiy hamda bank malumotlarini qölga kiritgan ikki nafar şaxs aniqlandi. Ulardan biri “Omad şou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning akkauntlarini egallaşga uringan. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, holatlar “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Içki işlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlangan.

Toşkent şahar IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan birinçi şaxsning xonadonidagi kompyuter va telefon qurilmalari tekşirilgan. Natijada u Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllari hamda fişing havolalarini yuborib kelgani malum bölgan. Uşbu vositalar orqali fuqarolarning şaxsiy malumotlari, telefon raqamlari va bank kartalariga oid malumotlarini qölga kiritgan.

Şuningdek, u “Omad şou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning Telegram akkauntlarini egallaşga qaratilgan fişing havolalarini tarqatgan. Tekşiruvlarda uning jami 2 795,13 USDT, yani qariyb 33,4 million sömlik kriptoaktivlarni qabul qilib, keyinçalik boşqa bank kartalariga ötkazgani aniqlangan.

Yana bir şaxsga tegişli iPhone 15 Pro Max rusumli telefon ham tekşirilgan. Unda yaşirin internet saytlari orqali zararli APK-fayllarini yaratiş bilan şuğullanganlik alomatlari aniqlangan. Elektron malumotlar tahlilida jami 12 ta tranzaktsiya qayd etilgan bölib, ularning umumiy aylanmasi 4 202 USDT, yani qariyb 50,2 million sömni taşkil etgan.

Barça qurilmalar va elektron malumotlar xolislar iştirokida belgilangan protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Dastlabki malumotlarga köra, uşbu şaxslarning noqonuniy faoliyatidan Özbekiston hududida minglab fuqarolar jabrlangan bölişi mumkin.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan har ikki şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi (Zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş) ikkinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 19 yoşli yigit maxsus platforma orqali 2,6 milliard sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: