USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hokimlik IIVning mahalla raisi pora bilan uşlangani haqidagi xabarini rad etdi

81 марта
Ҳокимлик ИИВнинг маҳалла раиси пора билан ушлангани ҳақидаги хабарини рад этди

Avvalroq, Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olingani haqida xabar berilgan edi. Tuman hokimligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, mahalla raisiga nisbatan jinoyat işi qözğatilmagani va u hozirda öz xizmat faoliyatini davom ettirayotganini malum qildi.

Qayd etilişiça, 5 avgust kuni Uçtepa tumani huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Yaşnobod tumanidagi Mohirlar mahallasi raisiga nisbatan suriştiruv işlari olib borilgan.

Tekşiruv davomida bahsli joy davlat mulki emasligi, balki Yaşnobod tumanidagi savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan va mahalla raisining otasiga mulk huquqi asosida tegişli ekani rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Hokimlik malumotiga köra, mazkur holatda jinoyat alomatlari öz tasdiğini topmagan. Şu sababli, jinoyat işi qözğatilmagan va heç kim javobgarlikka tortilmagan. Ayni vaqtda mahalla raisi öz xizmat faoliyatini davom ettirayotgani bildirilgan.

“Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga köra, ijtimoiy tarmoqlar va internetda asossiz (yolğon) malumotlarni tarqatiş uçun javobgarlik belgilangan. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan holatning barça tafsilotlarini örganmasdan, asossiz malumotlarni tarqatmaslik, şu bilan davlat idoralariga nisbatan işonçsizlikni tarğib etmaslik talab etiladi”, deya ogohlantirgan hokimlik.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: